17-apreldan Open budget portalida “Mening yo‘lim” loyihasining 2023-yilgi mavsumi uchun arizalar qabuli boshlandi. Loyihaga 312 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi. Kiritilgan takliflar uchun ovoz berish jarayoni 28-apreldan 7-mayga qadar o‘tkaziladi.
Prezident qarori bilan “Tashabbusli budjet” loyihasi uchun rahbarlarning majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bunday holat majburiy mehnatga jalb qilish sifatida baholanadi. Loyiha doirasida ovoz to‘plash va g‘oliblarni aniqlash mexanizmi tanqidiy ko‘rib chiqiladi.
“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yildagi 1-mavsumiga ovoz berish 7-aprelda yakunlandi. Jami 1666 ta loyiha g‘olib deb topildi va ularni amalga oshirish uchun 1,6 trln so‘mga yaqin mablag‘lar yo‘naltiriladi. Hududlarda odatdagidek odamlar bayram qilishni boshlab yubordi.
Navbahor tumanidagi 9-maktab direktori o‘qituvchilarni Open budget`ga 100 tadan ovoz yig‘ishga majburlagani aytilgan ovozli xabar tarqaldi. Unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanib, xatti-harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari bor-yo‘qligi o‘rganilmoqda.
Majburiy mehnatga qarshi kurashish komissiyasi ayrim soha vakillari, jumladan, o‘qituvchilar “Tashabbusli budjet”ga ovoz berishga majburlanayotganini o‘rganmoqda. Xalq ta’limi vaziri ham pedagoglar jarayonga jalb etilmasligini ma’lum qilgan. Shunday ishlar ortidan Oqqo‘rg‘onda maktab direktori ishdan bo‘shatilgan.
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida o‘quvchilari «Ochiq budjet» loyihasida ovoz to‘plashga SIM-karta sotib olish uchun pul yig‘ishga jalb qilingan maktab direktori ishdan bo‘shatildi. Viloyat hokimi haqiqatan ham ehtiyoj bo‘lsa, maktabni mahalliy budjet hisobidan jihozlash bo‘yicha topshiriq berdi.
Tarmoqlarda Oqqo‘rg‘on tumanida o‘quvchilarning Open budget loyihasiga ovoz ko‘paytirish maqsadida zarur bo‘lgan sim-kartalarni sotib olish uchun maktabga pul olib borayotgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati hokimligi holat o‘rganilayotganini bildirib, bunday harakatni qoraladi.
O‘zbekistonda «Tashabbusli budjet» loyihasining ovoz berish jarayoni qizg‘in kechmoqda. Yashash hududidagi muammolarni hal etish uchun loyiha taklif etgan aholi ko‘proq ovoz yig‘ishga harakat qilmoqda va turli usullardan foydalanmoqda. «Gazeta.uz» mazkur jarayon ishtirokchilariga mikrofon tutdi (video).
«Tashabbusli budjet»da ovoz berish jarayoni 7 aprelda tugaydi. Fuqarolar ungacha o‘z loyihalariga ko‘proq ovoz to‘plash uchun turli usullardan foydalanmoqda. Jumladan, hisobni to‘ldirish, bepul ichimlik ulashish va hatto yog‘ berish ham kuzatilmoqda. «Gazeta.uz» jarayonga oid suratlar va postlarni jamladi.
«Tashabbusli budjet» loyihasida barcha mahallalar uchun teng imkoniyat yaratish maqsadida Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etiladi. U SMS orqali berilgan 5−10 ovozga tenglashtiriladi. Qolaversa, kam aholili mahalla loyihalari uchun ko‘paytirish koeffitsiyenti qo‘llash amaliyoti ko‘rib chiqiladi.
Surxondaryo viloyati Angor tumanida o‘qituvchilarga «Tashabbusli budjet» uchun ovoz yig‘ishga majburiy topshiriq berilgani aytilmoqda. Hilola Umarova o‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlashga yo‘l qo‘yilmasligini ma’lum qildi. Vazirning ta’kidlashicha, holat bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlangan.
2023 yilda «Tashabbusli budjet»ning 1-mavsumiga 1 trln so‘m yo‘naltiriladi. Unga qo‘shimcha tarzda mahalliy budjetlar o‘zida yig‘ilgan erkin qoldiq mablag‘larining 30 foizini ham qo‘shadi. Qo‘shimcha pullar hisobiga jami 1,7 trln so‘m mablag‘ Fuqarolar tashabbusi jamg‘armalariga yo‘naltirilishi prognoz qilinmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tashabbusli budjetlashtirishning yangi mavsumi boshlanganini e’lon qildi. Unda fuqarolar infratuzilma, yo‘l, maktab va boshqa obyektlarni yaxshilash bo‘yicha loyihalarni taklif etib, mahalliy budjetning bir qismini taqsimlashda ishtirok etadi. Takliflar 26 fevralgacha qabul qilinadi.
Prezident 2023 yildan mahallalardagi infratuzilma uchun mablag‘lar faqatgina «Tashabbusli budjet» orqali aholi ovoz bergan loyihalarga ajratilishini aytdi. «Bunda „Tashabbusli budjet“ loyihalari uchun mablag‘lar 3,5 baravarga oshirilib, 8 trln so‘mga yetkaziladi», — dedi u.
Prezident videoselektor yig‘ilishida «Tashabbusli budjet» loyihasini yanada kengaytirish va ommalashtirish zarurligini aytdi. Shuningdek, bir hafta muddatda har biri 2 mingdan ortiq aholi ovozini to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan 364 ta loyiha uchun qo‘shimcha 335 mlrd so‘m ajratishga ko‘rsatma berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar Open budget platformasida ayrim loyihalarning qisqa muddat ichida minglab ovozlar to‘playotgani yuzasidan e’tirozlar bildirmoqda. Moliya vazirligi holatga munosabat bildirib, ovozlar qayta tekshirib chiqilishini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting