27-avgustdan “Tashabbusli budjet”ning 2023-yil 2-mavsumidagi loyihalarga ovoz berish boshlandi, deya xabar bermoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati

Bu mavsumda respublika bo‘ylab 9426 ta mahalladagi infratuzilma yaxshilanishi uchun jami 49 464 ta taklif kelib tushgan, ulardan 33 631 tasi ovozga qo‘yilgan.

Ushbu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1,02 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan. Ovoz berish jarayoni 16-sentabrga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, 2023-yil fevral oyida “Tashabbusli budjet” 1-mavsumiga jami 1,7 trln so‘m ajratilishi ma’lum bo‘lgan. Jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflarni moliyalashtirish uchun 2023-yilda budjetdan ajratiladigan jami 8 trln so‘m mablag‘ quyidagicha taqsimlanishi rejalashtirilgan:

  • 2 trln so‘m — “Tashabbusli budjet” jarayonlari uchun tuman va shahar budjetlarida rejalashtirilgan;
  • 320 mlrd so‘m — “Mening yo‘lim” loyihasi doirasida tuman va shahar budjetlarida rejalashtirilgan;
  • 4 trln so‘m — “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirish uchun.