O‘zbekiston Energetika vazirligi “Gazpromneft” bilan 2023-yilda 300 ming tonna neft importi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi O‘zbekistonning qator hududlarida benzinni boshqa marka deb sotish va kam to‘ldirish holatlari aniqlanganini ma’lum qildi. Zarar 489 mln so‘mni tashkil etadi.
«O‘zbekneftgaz» Turkmanistonning Petronas Çarigali kompaniyasidan neft sotib olishni rejalashtirmoqda.
Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov Qozog‘istonning kuzdan boshlab Baku-Tbilisi-Jayhan yo‘nalishi bo‘yicha neft tashish niyati haqidagi ma’lumotni rad etdi. Avvalroq Reuters Qozog‘iston hukumati neftning bir qismini Rossiyani chetlab o‘tib eksport qilmoqchi ekani haqida xabar bergan edi.
Qozog‘iston o‘z neftining bir qismini Rossiya o‘z quvurlarini yopib qo‘yish bilan tahdid qilgani bois muqobil yo‘llar orqali sotishni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi Reuters. Buning uchun Ozarbayjonning eng yirik neft quvuridan foydalanishni ham ko‘zlamoqda.
Iqtisodchilar Sergey Guriyev va Oleg Isxoki Yevropa Rossiya neft va gazi importiga nisbatan ta’qiq kiritishi qanday qilib Ukrainadagi urushni to‘xtatishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi. Ularga ko‘ra, ushbu sanksiyalar Kremlni harbiy harakatlarni davom ettirishga ko‘maklashuvchi mablag‘lardan mahrum qilishi mumkin.
AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyadan neft, gaz va ko‘mir importi taqiqlanganini ma’lum qildi. Uran importi esa davom etadi. Shuningdek, Britaniya ham 2022 yil oxiriga borib Rossiya neftini import qilishni to‘xtatadi. Ushbu qarorlar ortidan dunyoda energotashuvchilar narxlarida jiddiy o‘sishlar kuzatildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning o‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan DXR va LXRlarni tan olish haqidagi farmoni ortidan jahon bozorlari «quladi». Moskva birjasi 2008 yilning noyabridan beri eng shiddatli pastlashni boshdan kechirdi.
14 fevralga o‘tar kechasi Brent markali neft narxi bir barrel uchun 96,05 dollargacha ko‘tarildi. Bu so‘nggi 7 yildagi eng yuqori ko‘rsatkich. Neft narxi 2021 yilning boshidan beri deyarli uzluksiz qimmatlashmoqda.
OPEK+ mamlakatlari neft qazib olish bo‘yicha cheklovlarni aprel oyigacha cho‘zishini ma’lum qilgach, neft narxi barrel uchun 67 dollargacha ko‘tarildi.
Rivojlangan mamlakatlarning yoqilg‘i ishlab chiqaruvchilari neftni qayta ishlash zavodlarini yopishi, Lufthansa aviakompaniyasining 27,5 ming ish o‘rnini qisqartirishi, Turkmanistonda birinchi sinf o‘quvchilariga mamlakatda ishlab chiqarilgan kompyuterlar sovg‘a qilinishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Jahon neft iste’molining keskin kamayishi, Rossiyada chet ellik fuqarolar uchun yangi talablar, Isroilda yangi karantin choralari va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yevropaning neft qazib olish sohasidagi mutaxassislari endilikda milliardlab dollarlik neft va gaz zaxiralari hech qachon qazib olinmasligini tan olishdi, deb yozadi Bloomberg. Shu jumladan, Buyuk Britaniyaning BP kompaniyasi avgust oyi boshida mamlakatlarda yangi geologik hududlarni o‘rganishdan butunlay voz kechishini e’lon qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting