Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori — moliya vazirining o‘rinbosari G‘olib Xoljigitov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z vazifasidan ozod etildi.
Moliya vazirligiga ko‘ra, 2020 yilda 246 mlrd so‘mlik byudjet kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlangan va bu miqdorning 168,8 mlrd so‘mi byudjetga qaytarilgan.
O‘zbekiston import qiladigan 73 ta mahsulotga aksiz solig‘ining bekor qilinishi tadbirkorlar uchun teng sharoitlarni yaratishi ma’lum qilindi. Bundan tashqari, tovar narxlari vaqtincha arzonlashadi.
Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston davlat tashqi qarzi 2,8 mlrd dollarga yoki yil boshiga nisbatan 18 foizga oshib, 1 oktyabr holatiga 18,5 mlrd dollarga yoki YAIMga nisbatan 32,8 foizga yetgan. Davlat ichki qarzi esa dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 23,6 trln so‘mni (2,3 mlrd dollar) yoki YAIMga nisbatan 4 foizni tashkil etdi.
2021 yilda yirik soliq to‘lovchilarining byudjet tushumlaridagi umumiy ulushi 47,3 foizni tashqil qilishi mumkin. Davlat daromadlaridagi eng katta tushum Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga to‘g‘ri kelib, 20,1 foizni tashkil qilmoqda.
2021 yilga mo‘ljallangan soliq siyosatida asosiy soliq stavkalarini saqlab qolish, aksiz solig‘i, yer solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalarini Soliq kodeksiga kiritish, 73 xil tovarga aksiz solig‘ini bekor qilish, eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash va boshqa choralar ko‘zda tutilgan. Qonun loyihasi Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan.
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlari rejadagidan uzoqroq muddat davom etayotganligi sababli qo‘shimcha xarajatlar uchun talab etiladigan mablag‘ 13,4 trln so‘mgacha oshirildi. Jamg‘armaning oshirilgan 3,4 trln so‘mlik xarajatlarining 1,7 trln so‘mi Davlat byudjeti xarajatlarining maqbullashtirilgan mablag‘lari hisobidan, qolgan 1,7 trln so‘mi Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari hisobidan qoplanadi.
2021 yilda O‘zbekiston Moliya vazirligi 5 trln so‘mlik g‘aznachilik obligatsiyalarini, shuningdek 700 mln dollarga xalqaro yevrobondlarni chiqarishni rejalashtirmoqda, dedi moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov. Shuningdek, u so‘nggi yevrobondlar sarmoyadorlari geografiyasi haqidagi ma’lumotlarni va bundan tushadigan mablag‘lar qanday maqsadlarga yo‘naltirilishi haqida ma’lum qildi.
Nig‘matilla Yo‘ldoshev bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovga don yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishda Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan mablag‘ ajratish va sarflashning qonuniyligini tekshirish to‘g‘risida so‘rov yubordi. Bundan tashqari, Moliya vazirligi mansabdor shaxslari, jumladan, vazir o‘rinbosari Abdimuxtor Ergashevning qonunbuzilish holatlarda aloqadorligini tekshirish kutilmoqda.
O‘zbekiston tashqi bozorda 10 yillik yevroobligatsiyalarni joylashtirish rejalarini e’lon qildi. Obligatsiyalar qiymati hozircha ma’lum qilinmadi.
Yanvar-sentyabr oylarida davlat byudjeti daromadlari 94,5 trln so‘mni tashkil etdi. Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliq va bojxona tushumlariga to‘g‘ri keladi.
Prezident Administratsiyasida sho‘’ba yetakchi inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Qurbanmurat Taparov moliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobiga 10 trln so‘m kelib tushdi, jamg‘arma xarajatlari esa 7,8 trln so‘mga teng bo‘ldi. Eng ko‘p mablag‘ — jami 4,56 trln so‘m ijtimoiy soha va iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash sohasiga yo‘naltirildi.
Koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiy faollikning sekinlashuvi ish haqi miqdorlarining pasayishiga olib keldi. Jumladan, 1 mln so‘mgacha maosh oladiganlar soni 100 ming kishiga ko‘payib, 1,77 mln nafarga yetdi.
2020 yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida Davlat byudjeti daromadlari 58,2 trln so‘mni, xarajatlari esa 64,8 trln so‘mni tashkil etib, defitsit 6,7 trln so‘mga teng bo‘ldi.
Moliya vazirligi 2020 yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni taklif etmoqda. Xususan, mamlakat kafolati ostida jalb etish tashqi qarz chegarasini $1 mlrdga ($4 mlrddan $5 mlrdgacha) oshirish, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining daromadlari prognozi hamda ularning xarajatlarini o‘zgartirish ko‘zlangan.
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobiga 7,44 trln so‘m kelib tushdi, jamg‘arma xarajatlari esa 6,4 trln so‘mga teng bo‘ldi. Eng ko‘p mablag‘ — 2,2 trln so‘m ijtimoiy sohaga yo‘naltirildi.
Prezident qarori bilan Jamshid Abruyev Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar, u ushbu vazirlikning boshqarmalaridan biriga boshliq bo‘lib kelayotgan edi.
Moliya vazirligi kuzatuv kengashlaridagi mustaqil xorijiy direktorlar orqali davlat banklari ustidan nazoratni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Moliya vaziri Timur Ishmetovning ta’kidlashicha, ba’zi banklar «tushunarsiz sharoitlarda» katta kreditlarni tasdiqlashgan.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting