Moliya vazirligi fuqarolar tomonidan «Tashabbusli budjet» jarayoni doirasida ayrim loyihalar qisqa muddat ichida minglab ovozlar to‘playotgani bo‘yicha e’tirozlariga munosabat bildirdi.

Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, shubhali to‘plangan ovozlar deb topilgan loyihalar bo‘yicha vazirlik tomonidan ushbu murojaatlarning haqqoniyligi yuzasidan o‘rganishlar olib borilishi ma’lum qilindi. Natijalar bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

«Ovoz berish jarayonining muddati tugagach barcha ovozlar qayta tekshirib chiqiladi», deyiladi xabarda.


«Tashabbusli budjet» jarayoni doirasida tuman va shaharlar kesimida ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumot (8 sentabr 12:00 holatiga ko‘ra)

Ma’lumot uchun, ovoz berish jarayonlari joriy yilning 17 sentabriga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, «Tashabbusli budjet» jarayoni tugagunga qadar fuqarolar o‘z loyihalari uchun ko‘proq ovoz to‘plash maqsadida turli usullardan foydalanmoqda. Jumladan, tekinga ichimlik ulashilmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda ovoz yig‘ib beruvchilar ommalashgan. «Gazeta.uz» ulardan bir nechtasini jamlagandi.