«mehnat migrantlari» tegli maqolalar


20 may 2022, 15:28

O‘zbekiston xorijdan qaytgan mehnat migrantlarini qanday qilib ish bilan ta’minlamoqchi?

Mehnat vazirligi xorijda ishlab, O‘zbekistonga qaytgan mehnat migrantlarini ish bilan ta’minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlarni ko‘rish taklifini bildirdi. Ular qatoridan «50×50» dasturi doirasida 40,5 mln so‘mgacha hamda har bir migrant uchun ish beruvchiga 405 ming so‘mdan subsidiyalar ajratish, 1 gektargacha yerni 30 yilga ijaraga berish, qolaversa, 50 mingdan ortiq migrantni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish o‘rin olgan.

20 may 2022, 12:03

Migrantlar va ularning oila a’zolari bilan «mahallabay» ishlash taklif etilmoqda

Xorijdan qaytgan mehnat migrantlari va ularning oila a’zolariga «mahallabay ishlash» tizimi asosida xizmatlar ko‘rsatish rejalashtirilayapti. Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, mehnat inspektori yordamchisi va mahalla raisi ularning ehtiyojlarini aniqlab, onlayn platformalarni to‘ldiradi. Shunga ko‘ra, ularga ishsizlik nafaqasi, subsidiya va stipendiya beriladi.

20 may 2022, 10:21

Xorijdan qaytgan migrantlar uchun Reintegratsiya markazlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan prezident qarori loyihasiga muvofiq, tuman va shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari huzurida xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarining Reintegratsiyasi markazlarini tashkil etish taklif etilmoqda. Markazlar migrantlarga ish topish, o‘z biznesini boshlash, subsudiya va imtiyozli kreditlar olishda ko‘maklashadi.

4 mart 2022, 13:06 3

Yaponiyaga maxsus maqomda borgan ishchilar 5 yildan keyin oilasini ham olib ketishi mumkin

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida imzolangan memorandumga muvofiq, yapon tilini bilish darajasi bo‘yicha test sinovlaridan va mutaxassisligi bo‘yicha amaliyot imtihonidan o‘tganlarga «maxsus malakali ishchilar» maqomi beriladi. Ular Yaponiyada 14 turdagi sohada 10 yilgacha ishlashi, 5 yildan so‘ng o‘z oilasini ham olib ketishi va o‘z biznesini boshlashi mumkin bo‘ladi. Ularga kamida 1800−2000 dollar maosh to‘lanadi.

22 fevral 2022, 18:44

Deputatlar mehnat migrantlariga imtiyozlar berishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi

Qonunchilik palatasi tomonidan migrantlarga oid yangi qonun ma’qullandi. Unda tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilangan. Qonunda shuningdek, mehnat migrantlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda xorijdan qaytganlarning reintegratsiyasi ko‘zda tutilgan.

21 yanvar 2022, 18:07

Qozog‘istonda 18 nafar o‘zbekistonlik hujjatsiz yurgani aniqlandi

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istonda ishlash uchun ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan 18 nafar o‘zbekistonlikka huquqiy tushuncha berdi. Ular orasida ilk bor qo‘shni davlatga borganlar ogohlantirilgan, ko‘pdan beri ishlayotganlari esa jarimaga tortilgan.

25 dekabr 2020, 18:23

Mehnat migrantlariga Rossiyada ishlash uchun «patent» olish osonlashadi

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga Rossiyada ishlash uchun ruxsat (patent) olishni soddalashtirishga erishildi. Unga ko‘ra, Toshkentda migrantlarga ruxsatnoma berish xizmatini ko‘rsatuvchi Rossiyaning tegishli tashkilotlari filiallari ochiladigan bo‘ldi.

24 sentabr 2020, 19:13

Xorijliklar uchun Rossiyada qolish muddati yana uzaytirildi

Pandemiya sababli horijliklar va Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxslar uchun mamlakatda qolish muddati 15 dekabrgacha uzaytirildi. O‘zbekiston elchixonasi RFda noqonuniy yashab kelayotgan fuqarolarni mamlakatda bo‘lib turishlarini qonuniylashtirishga va ishlash uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirishga chaqirdi.

20 avgust 2020, 15:59

Qaysi viloyatlardan qancha kishining xorijda ishlayotgani ma’lum qilindi

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 2 mln dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi xorijda ishlamoqda. Eng ko‘p mehnat migrantlari Rossiyada — 1,5 mln faoliyat yuritishadi. Viloyatlar hissasi bo‘yicha esa eng ko‘p mehnat migrantlari Samarqanddan — 268 ming va Farg‘onadan — 247 ming ekanligi ma’lum qilindi.

18 avgust 2020, 14:06

Chet eldagi muvaffaqiyatli fuqarolar nomi «oltin daftar»ga kiritiladi

Prezident tashabbusi bilan «oltin daftar» ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Uning tarkibiga o‘zbekistonlik potensial sarmoyadorlar va nufuzli universitetlarning professor-o‘qituvchilari kiritiladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting