«mayning ferma» tegli maqolalar


Karmanada hokim, prokuror, IIB va elektr tarmoqlari rahbarlari mayning fermadagi o‘g‘irlik tufayli ishdan olindi
31 oktabr 2023, 20:54

Karmanada hokim, prokuror, IIB va elektr tarmoqlari rahbarlari mayning fermadagi o‘g‘irlik tufayli ishdan olindi

Prezident Navoiy viloyati Karmana tumani hokimi, prokurori, ichki ishlar, elektr tarmoqlari va Bosh prokuratura Departamenti bo‘limi rahbarlarini ishdan bo‘shatishni topshirdi. Sababi — ular 10 oy davomida 452 ta mayning qurilmasi orqali 5,5 mln kVt·s elektr energiyasini noqonuniy ishlatilganini payqamagan.

Farg‘onada elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro 9,9 mlrd so‘m jarimaga tortildi
30 oktabr 2023, 12:46

Farg‘onada elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro 9,9 mlrd so‘m jarimaga tortildi

Qo‘qon shahrida mayning qurilmalari, sovitish va yoritkich moslamalarini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab olgan fuqaro davlatga 2,5 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Unga nisbatan 9,9 mlrd so‘m jarima va mayning ferma uchun 12,3 mlrd so‘m mablag‘ undirish belgilandi.

Navoiyda mayning ferma davlatga 24 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazgani aniqlandi
23 oktabr 2023, 10:40

Navoiyda mayning ferma davlatga 24 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazgani aniqlandi

Navoiy viloyatida davlat manfaatlariga 24,4 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan noqonuniy mayning ferma aniqlandi.

Navoiyda davlatga 9,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
19 iyun 2023, 10:32

Navoiyda davlatga 9,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi

DXX xodimlari tomonidan Qiziltepa tumanida 195 dona mayning qurilmalarini o‘rnatgan ferma aniqlandi. Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish oqibatida ferma davlatga 9,6 mlrd so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

Andijonda noqonuniy mayning fermasi aniqlandi
22 may 2023, 16:01

Andijonda noqonuniy mayning fermasi aniqlandi

Andijon tumanida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘rnatib, jami 323,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Buxoroda yerto‘lada yashirin faoliyat ko‘rsatayotgan mayning fermasi aniqlandi
9 aprel 2023, 12:27

Buxoroda yerto‘lada yashirin faoliyat ko‘rsatayotgan mayning fermasi aniqlandi

Buxorolik fuqaro o‘z uyining yerto‘lasida yashirin mayning fermasini ochgani aniqlandi. U yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, davlatga 93 mln so‘mlik zarar yetkazgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma 900 mln so‘m jarimaga tortildi
10 mart 2023, 10:23

Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma 900 mln so‘m jarimaga tortildi

Andijon shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma egasi 900 mln so‘m jarimaga tortildi. U ferma faoliyatini hech qanday ruxsatnoma va hujjatlarsiz olib borgan. Avvalroq Senat energiya resurslaridan qonunga zid foydalanishni o‘g‘rilik deb baholovchi qonunni ma’qullagandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting