Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tungi reyd tadbirida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi, deya xabar bermoqda “Hududiy elektr tarmoqlari” kompaniyasi matbuot xizmati.

Shaharning “Achchiqko‘l” mahallasidagi parrandachilik sexida fuqaro M.N. elektr hisoblagichsiz, o‘zboshimchalik bilan mayning qurilmalari, sovitish va yoritkich moslamalari hamda boshqa elektr qurilmalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulagan.

Mazkur holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Dastlabki qayta hisob-kitoblarga ko‘ra, M.N. tomonidan “Farg‘ona HETK” AJ manfaatiga 2,8 mln kVt yoki 2,5 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

mayning ferma, фарғона, elektrдан noqonuniy фойдаланиш

Holat yuzasidan noqonuniy foydalanilgan mayning fermalariga nisbatan 5 barobar o‘suvchi koyeffitsiyent qo‘llanib, 12,3 mlrd so‘m mablag‘ undirishga hujjatlar rasmiylashtirilgan. Fuqaroga 5 barobar o‘suvchi koeffitsiyent bilan jarima tariqasida 9,9 mlrd so‘m qo‘shimcha hisob-kitob qilingan.

Hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.