Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyatida xonadonda mayning qurilmalarini yashirin yo‘l bilan elektr tarmog‘iga ulab, noqonuniy foydalanib kelganlarni aniqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.R. o‘z xonadonining yerto‘lasida mayning qurilmalarini hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘l bilan elektr tarmog‘iga ulab ishlatgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 3 mlrd 2 mln so‘m miqdorida elektr noqonuniy ishlatilgan.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Avvalroq Farg‘ona viloyatining ikki hududida 5 nafar fuqaro xonadonlarida kriptoaktiv va mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab, 7 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgandi.