Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda Qiziltepa tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yildi, deya xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.

Tezkor tadbir davomida mahalliy xususiy korxona rahbari 6 nafar fuqaro bilan o‘zaro kelishgan holda korxona hududiga xorijda ishlab chiqarilgan 195 dona mayning qurilmalarini o‘rnatgani aniqlangan. Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishlari natijasida davlat manfaatlariga 9 millard 661 million 402 ming so‘mlik zarar keltirgani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 185−2-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.