Yangiyo‘lda joylashgan 6-maktabdagi sinfxonalardan birida shift ko‘chib tushish holati ro‘y berdi. Bu xaqda XTV matbuot kotibi xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, hodisa oqibatida ikki nafar o‘quvchi jarohatlanib, ularga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Aniqlanishicha, ushbu maktabdagi mukammal ta’mirlash ishlari 2019 yilda Toshkent viloyati buyurtmasiga asosan viloyatga ajratilgan qo‘shimcha 3,3 mlrd so‘m mablag‘ evaziga «Ahmadxoji al-Avaz» MCHJ tomonidan amalga oshirilgan.

Hozirda shahar hokimining topshirig‘iga ko‘ra shahar prokuraturasi, xalq ta’limi bo‘limi mudiri, qurilish tashkiloti bilan birgalikda maktabni shift qismlarining chidamliligini qayta tekshiruvdan o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.