Xalq ta’limi vazirligi joriy yilda 27-dekabr yakshanba kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, qishqi ta’til boshlang‘ich sinflar uchun 25-dekabr, yuqori sinflar uchun 26-dekabrdan boshlanishini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, XTV maktablarda ta’tillarni o‘zgartirish bo‘yicha takliflar yuzasidan ham munosabat bildirgan. Aytilishicha, amaldagi davlat ta’lim standartlari o‘quvchilarning o‘zlashtirish imkoniyati va psixologiyasiga moslashtirilgan holda ishlab chiqilganligi sababli ular qabul qilinmagan.

“Uzluksiz 4−5 oy davomida ta’lim olish, ya’ni qaysidir ta’tilni bekor qilish evaziga boshqasini uzaytirilishi o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlarini o‘zlashtirishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishini qayd etmoqchimiz.”, — dedi XTV matbuot kotibi Laylo Rustamova.

Vazirlik bayonotida maktablarni isitishdan ko‘ra, sovutish ko‘proq elektr energiya resurslari talab etishi ham qayd etilgan.