«madaniy meros agentligi» tegli maqolalar


Bahodir Abdikarimov Madaniy meros agentligiga rahbar bo‘ldi
2 iyun 2022, 17:22

Bahodir Abdikarimov Madaniy meros agentligiga rahbar bo‘ldi

Bosh prokuratura mas’ul xodimi Bahodir Abdikarimov Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori etib tayinlandi. U mazkur lavozimda 5,5 oy ishlagan Shaxriyor Nurulloyevning o‘rnini egalladi.

2022 yilda 34 ta madaniy meros obyektini restavratsiya qilishga 75 milliard so‘m sarflanadi
7 may 2022, 17:24

2022 yilda 34 ta madaniy meros obyektini restavratsiya qilishga 75 milliard so‘m sarflanadi

2022 yilda 34 ta madaniy meros obyektini restavratsiya qilish rejalashtirilgan bo‘lib, bu boradagi ishlar qiymati 75 milliard so‘mni tashkil etadi. obyektlar orasida Buxorodagi Ark qo‘rg‘oni, Masjidi Kalon, Amir Olimxon madrasasi, Tolipoch qal’asi qoldiqlari, shuningdek, Qoraqalpog‘istondagi, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi yodgorliklar bor.

Kosmonavtlar maydonini obodonlashtirish loyihasi ma’qullandi
16 fevral 2022, 18:32

Kosmonavtlar maydonini obodonlashtirish loyihasi ma’qullandi

Madaniy meros agentligidagi Ilmiy-ekspert kengashi Toshkentdagi Kosmonavtlar maydonini ta’mirlashga ruxsat berdi. Loyiha «obyektning tarixiy va badiiy qiymatiga ta’sir ko‘rsatmagan holda» amalga oshirilishi kerak.

Prezident Madaniy meros agentligi vakolatlarini kengaytiruvchi qonunni imzoladi
16 fevral 2022, 17:29

Prezident Madaniy meros agentligi vakolatlarini kengaytiruvchi qonunni imzoladi

Endilikda Madaniy meros agentligi ko‘rsatmalariga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilishi mumkin. Buning uchun jarima fuqarolarga BHMning — 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga — 7 baravargacha etib belgilandi. Shuningdek, moddiy madaniy meros obyektlarini yo‘q qilish va ularga zarar yetkazish uchun jinoiy jazo kuchaytirildi.

«Yaxshi maqsadni ko‘zlaganmiz». Tuman hokimi — Kosmonavtlar maydoni rekonstruksiyasi haqida
15 fevral 2022, 18:26

«Yaxshi maqsadni ko‘zlaganmiz». Tuman hokimi — Kosmonavtlar maydoni rekonstruksiyasi haqida

Ruxsat berilmaganiga qaramasdan quruvchilar Kosmonavtlar maydonidagi granit plitalarni ko‘chirib tashlashni davom ettirishdi. Tuman hokimi Anvar Sayfutdinovning ta’kidlashicha, dam olish kunlari sababli loyiha haqida oldidan xabar berilmagan. Uning aytishicha, hokimiyat fuqarolarga qulayliklar yaratishda «yaxshi maqsadlarni ko‘zlagan». Shahar hokimiyati vanihoyat loyiha eskizini e’lon qildi. Chizmada yangi marmarning rangi avvalgisidan farq qiladi.

Chor-Bakr madaniy merosi hududidagi yerlar noqonuniy tarzda auksionga qo‘yildi
8 fevral 2022, 17:34

Chor-Bakr madaniy merosi hududidagi yerlar noqonuniy tarzda auksionga qo‘yildi

Buxoro viloyatida XVI-XX asrlarda bunyod etilgan Chor-Bakr yodgorlik majmuasining muhofaza tegralaridagi yer uchastkalari ijara va mulk huquqi asosida auksionga qo‘yilgani aniqlandi. Ushbu majmua YUNESKOning Umumjahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritish uchun nomzod sifatida ko‘rsatilgan.

Tursunali Kuziyev Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
21 dekabr 2021, 11:59

Tursunali Kuziyev Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Tursunali Kuziyev Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u agentlik direktori vazifasini bajaruvchisi edi.

Shaxriyor Nurulloyev Madaniy meros agentligi direktori bo‘ldi
16 dekabr 2021, 22:48

Shaxriyor Nurulloyev Madaniy meros agentligi direktori bo‘ldi

Shaxriyor Nurulloyev Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori etib tayinlandi. Bungacha u Prezident Administratsiyasida ishlagan.

Muzeylarning pulli xizmatlar ko‘rsatishiga ruxsat berildi
27 noyabr 2021, 13:34

Muzeylarning pulli xizmatlar ko‘rsatishiga ruxsat berildi

Prezident muzeylarning daromad keltiradigan faoliyat bilan shug‘ullanishiga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. Ilgari muzeylarga tijoriy faoliyatni amalga oshirish taqiqlangan edi. Xizmat ko‘rsatish chog‘ida muzeylar ashyolar va kolleksiyalar but saqlanishini ta’minlashi kerak.

Tursunali Kuziyev Madaniy meros agentligiga rahbar bo‘ldi
6 noyabr 2021, 14:59

Tursunali Kuziyev Madaniy meros agentligiga rahbar bo‘ldi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Kuziyev Tursunali Karimdjonovich Madaniy meros agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. U o‘z vaqtida madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari hamda vazir sifatida ham faoliyat yuritgan.

Xo‘ja Porso masjidi ishi tergov uchun Bosh prokuraturaga yuborildi
21 oktabr 2021, 17:28

Xo‘ja Porso masjidi ishi tergov uchun Bosh prokuraturaga yuborildi

Farg‘ona viloyati hokimligi Xo‘ja Porso jome masjidini buzib qayta qurish uchun mas’ul idoralar xulosasi olinganini ma’lum qildi. Madaniy meros agentligi esa loyiha taklifi Ilmiy-ekspert kengashi a’zolari tomonidan bir ovozdan rad etilganini qayd etdi. Xo‘ja Porso masjidi ishi tergov uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.

Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi tashkil etildi
7 aprel 2021, 11:16

Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi tashkil etildi

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va xorijdagi O‘zbekiston madaniy boyliklarni o‘rganish markazi asosida Madaniy meros agentligi tashkil etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting