5 noyabrdan Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimiga o‘zbek davlat va jamoat arbobi, rassom, fotograf, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Kuziyev Tursunali Karimdjonovich tayinlandi.

U 1951 yil 18 noyabrda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.

1976 yil P.Benkov nomidagi Respublika badiiy bilim yurtini, 1982 yil Toshkent san’at institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on shahar bosh rassomi, viloyat madaniyat fondi raisi, P.Benkov nomidagi Respublika badiiy bilim yurti direktori lavozimlarida ishlagan.

1995 yildan keyin O‘zbekiston prezidenti devoni konsultanti, madaniyat ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston badiiy akademiyasi raisi sifatida ishlagan.

2011−2013 yillar mobaynida madaniyat va sport ishlari vaziri sifatida faoliyat yuritgan.

2013−2016 yillarda Davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika kafedrasi professori bo‘lgan.

Madaniy meros rahbarligiga tayinlanishdan oldin esa Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbarining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.