1 iyun respublikamizning Jizzax hamda Navoiy viloyatlarida18−23 m/s tezlikda kuchli shamol esdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Hodisa oqibatida ayrim aholi yashash xonadonlari va transport vositalariga zarar yetgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, kuchli shamol oqibatida Jizzax shahri Olmazor mahallasida joylashgan 1-ko‘p qavatli uyning 300 kv. metr maydondagi tomyopmasi qulab tushdi. Hodisada, shu uy oldida bo‘lgan Lacetti va Cobalt rusumli avtomobillarga texnik zarar yetgan.

Shuningdek, Navoiy viloyati Uchquduq tumani Yo‘lchilar OFY, Do‘stlik MFY, Ayrim MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlarida ham shunday xolatlar kuzatilgan. Aholi orasida jabrlanganlar yo‘q.

“Ushbu holat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida 2 ta maxsus texnika va 16 nafar quqtaruvchi jalb etilgan. Ayni vaqtda voqea joyida zaruriy tadbirlar amalga oshirilib, ishlar davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.