Joriy yilda Jizzax viloyati hokimligining «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 290 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan yirik davlat buyurtmalarini asoschilari hokimning sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akram Baxritdinovich Rahmonqulovga aloqador bo‘lgan kompaniyalar qo‘lga kiritgan bo‘lishi mumkin. Buning tasdig‘i davlat xaridlari portalida aks etgan. Ushbu holatga bloger Davletov.uz e’tibor qaratdi.

Qurilish Ta’minoti



Manba: Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestri, davlat xaridlari veb-saytlari.

«Gazeta.uz» hisob-kitoblariga ko‘ra, Qurilish Ta’minoti 82,5 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini qo‘lga kiritgan. Quyidagi lotdagi loyihalarda keltirilgan miqdorlar ba’zan buyurtmachi va pudratchi o‘rtasidagi shartnomada ko‘rsatilgan summadan farq qilishi mumkin. Shuning uchun buyurtmalarning umumiy miqdori biroz farq qilishi mumkin, chunki ayrim yakuniy shartnomalar davlat xaridlari saytidan o‘chirib tashlangan.

Qurilish Ta’minoti 2000 yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, uning yagona ta’sischisi Shuhratjon Akramovich Baxriddinov (taxminanlarga ko‘ra, Akram Rahmonqulovning o‘g‘li) hisoblanadi. U, shuningdek, 2018 yildan beri ofis va do‘kon mebellarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Zenatkor Fabrika Mebellari (100%) xususiy korxonasi va 1997 yildan buyon noturar binolarni qurish bilan shug‘ullanuvchi Kamol XKning (100%) asoschisi hisoblanadi.

Hokimiyat saytidagi ma’lumотларga ko‘ra, viloyat hokimi o‘rinbosari Akram Rahmonqulov Kamol XK direktori o‘rinbosari va direktori (1998−2010 yy.) sifatida ishlagan. U shuningdek, «Yagona buyurtmachi xizmati» IKning (2010−2012 yy.) direktori, Jizzax viloyati davlat arxitektura-qurilish inspeksiyasi boshlig‘i (2012−2016 yy.), viloyat hokimi o‘rinbosari (2016−2017 yy.), Jizzax shahar hokimi (2017−2018 yy.) vazifasida ishlagan va shundan so‘ng viloyat hokimi o‘rinbosari lavozimiga qaytgan.

J-Quruvchi


J-Quruvchi kompaniya 1998 yil iyul oyida noturar binolar qurilishi bilan shug‘ullanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, u qariyb 146 mlrd so‘mlik davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritgan. Akbar Baxriddinovich Rahmonkulov (taxminlarga ko‘ra, hokim o‘rinbosari qarindoshi) kompaniyaning yagona ta’sischisi, rahbari — Alisher Rahmonqulov hisoblanadi.

Bundan tashqari, Akbar Rahmonqulov 2002 yildan buyon beton buyumlari qurilishi bilan shug‘ullanadigan Zenatkor Temir Beton Buyumlari kompaniyasi ulushiga ega (100%), rahbari — Adham Rahmonqulov, shuningdek, 2019 yildan beri danakli mevalar va kungaboqar yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi Qo’nish Bobo Maxsus Bog’lari`da ham o‘z ulushiga ega (100%), rahbari — Dilfuza Ummatova.

O‘z navbatida, Alisher Rahmonqulov Jizzax Savdo Lyuks (noturar-joy binolarni ijaraga olish va boshqarish) kompaniyasi va Ravon Yo’l Invest (toshni kesish, qayta ishlash va bezash) ta’sischisi hisoblanadi.

Abduvohid Qurilish Ta’mir



Abduvohid Qurilish Ta’mir (noturar binolarni qurish) kompaniyasi 2015 yilning avgust oyida ro‘yxatdan o‘tgan. U 63,1 mlrd so‘mlik davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritgan. Uning yagona ta’sischisi sifatida Ixtiyor Baxtiyorovich Toshpulatov qayd etilgan. Davletov.uz ma’lumotlariga qaraganda, u Rahmonqulov bilan ona tomondan qarindosh bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, J-Quruvchi va Abduvohid Qurilish Ta’mir harbiy qismning transport parki binosini rekonstruksiya qilish bo‘yicha 21,3 mlrd so‘mlik tenderda birgalikda ishtirok etgan. Akram Rahmonqulov tender komissiyasi raisi bo‘lgan.

Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga xabar berishicha, «hokimiyat tender komissiyasi ishiga aralashmaydi». Tahririyat Akram Rahmonqulovning shaxsan o‘zi bilan bog‘lana olmadi. «Gazeta.uz» shuningdek, KTYADR ro‘yxatida keltirilgan kompaniyalarga ham qo‘ng‘iroq qilib tusha olmadi.

Avvalroq, «Gazeta.uz» noyabrda Jizzax shahri ko‘chalarini ko‘rkamlashtirish bo‘yicha 1,9 mlrd so‘mlik davlat buyurtmasini My Flower MCHJ yutgani haqida yozgan edi. Mazkur kompaniya viloyat hokimining Ergash Soliyevning qizi — Soliyeva Nargiza Ergashevnaga tegishli.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Jizzax viloyatida ta’sischilari orasida viloyat hokimining qizi ham bo‘lgan kompaniya ko‘chalarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ikkita tanlovda g‘olib chiqqani bilan bog‘liq holatni o‘rganishini ma’lum qilgan edi.

Bundan tashqari, Andijon viloyatida «Yagona buyurtmachi xizmati» IK rahbariga taalluqli kompaniya 20 mlrd so‘mlik davlat buyurtmalarini qabul qilgan.