16 sentyabr kuni Xalq deputatlari Arnasoy tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Arnasoy tumaniga Alimardanov Xurshid Shukurullayevich yangi hokim sifatida tanishtirildi, deya xabar vildi Jizzax viloyat hokimligi matbuot xizmati. Yig‘ilishda Arnasoy tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Berdiboyev Jamoliddin Abdug‘aniyevich lavozimidan ozod etildi.

Alimardonov Xurshid. Foto: Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Alimardanov Xurshid 1979 yilda Baxmal tumanida tug‘ilgan. 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. U 2019 yildan buyon Sharof Rashidov tumani prokurori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Tumanning avvalgi rahbari Jamoliddin Berdiboyev Arnasoy tumaniga 2018 yilning aprel oyidan buyon rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Ohangaron, Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumanlariga ham yangi hokimlar tayinlangani haqida xabar qilingan edi.