«intervyu» tegli maqolalar


«O‘zbekistonda „Wall Street“ yaratmoqchiman». 7 ta universitetga grant yutgan Shahnoza Abdireymova bilan suhbat
25 aprel 2021, 16:11 1

«O‘zbekistonda „Wall Street“ yaratmoqchiman». 7 ta universitetga grant yutgan Shahnoza Abdireymova bilan suhbat

«Xorijdagi o‘zbekistonlik talabalar» loyihasi doirasida o‘zbekistonlik talabalarning xorijdagi hayoti, u yerdagi ta’lim tizimi, ularning boshidan o‘tgan sinovlar haqida so‘z boradi. Loyihaning dastlabki mehmoni — Moskvadagi Iqtisodiyot oliy maktabi talabasi nukuslik Shahnoza Abdireymova.

Yuqori malakali mutaxassislarning ish topishi muammo bo‘lmaydi — JIDU rektori
14 aprel 2021, 16:29

Yuqori malakali mutaxassislarning ish topishi muammo bo‘lmaydi — JIDU rektori

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Komiljon Karimov nima uchun JIDUda ko‘p yillar davomida korrupsiya rivojlanmaganligi, o‘quv jarayoni uchun talabalar beradigan «fidbek»ning muhimligi, zamonaviy mehnat bozorida kerakli ko‘nikmalar va bitiruvchilarning universitet hayotidagi o‘rni haqida. «Gazeta.uz» intervyusi.

«OTMlarni foyda olish maqsadida ochish — yaxshi g‘oya emas» — Komiljon Karimov
12 aprel 2021, 09:30

«OTMlarni foyda olish maqsadida ochish — yaxshi g‘oya emas» — Komiljon Karimov

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Komiljon Karimov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida nega xususiy OTMlar uchun foyda olish masalasi ustuvor vazifa bo‘lishi kerakmasligi, oliygohlar o‘rtasidagi raqobat uchun teng sharoitlar bo‘lishining ahamiyati va davlat OTMlarining asosiy ustunligi haqida gapirib berdi.

«U qaror qabul qilishda demokrat». Sergeli hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev haqida
31 mart 2021, 16:55

«U qaror qabul qilishda demokrat». Sergeli hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev haqida

Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov Toshkent shahar rahbari Jahongir Ortiqxo‘jayevning ishlash tartibi va shaxsiy sifatlari haqida so‘zlab berdi. «U chapani odam va tadbirkorlarga xos fikrlaydi», dedi u.

«Hamma shunaqa bo‘lishi kerak» — Andijon hokimi prezidentga doim «muhtaram» deb murojaat qilishi haqida
27 mart 2021, 13:07

«Hamma shunaqa bo‘lishi kerak» — Andijon hokimi prezidentga doim «muhtaram» deb murojaat qilishi haqida

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov prezidentga nisbatan ko‘p marotaba «muhtaram» so‘zini ishlatishiga to‘xtalib o‘tdi. «Prezident yurtning otasi… faqat men emas, hamma shunaqa bo‘lishi kerak», deya ta’kidladi u.

«Bilsa hazil, bilmasa chin prinsipida ishlangan» — Inomjon Tog‘ayev elektr va gaz ta’minotidagi qo‘shib yozishlar haqida
11 mart 2021, 00:12

«Bilsa hazil, bilmasa chin prinsipida ishlangan» — Inomjon Tog‘ayev elektr va gaz ta’minotidagi qo‘shib yozishlar haqida

Inomjon Tog‘ayev Amerika Ovozi`ga bergan intervyusida gaz va elektr ta’minotidagi noreal qarzdorlik, uni aholiga to‘latish holatlari haqida gapirdi. Uning aytishicha, «bilsa hazil, bilmasa chin prinsipida ishlangan». Shuningdek, Tog‘ayev ASKUE tizimi haqida gapira turib, «bu onlayn so‘zi nomiga bor», dedi.

«Bizda „men rahbarman, mening aytganim bo‘ladi“ degan qoida saqlanib qolgan» — Inomjon Tog‘ayev
10 mart 2021, 18:19

«Bizda „men rahbarman, mening aytganim bo‘ladi“ degan qoida saqlanib qolgan» — Inomjon Tog‘ayev

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijrochi direktori NNTlar aslida hokimiyatlarning o‘ng qo‘li ekanini aytdi. «Muammoni ko‘tarib chiqayotgan odamlar uning yechimini ham o‘zi biladi», — dedi u. Biroq, Tog‘ayevning fikricha, «bizda „men rahbarman, mening aytganim bo‘ladi“ degan qoida saqlanib qolgan». U Amerika ovoziga bergan intevyusida lobbizm masalasiga ham to‘xtalib o‘tgan.

«Biror rahbarning o‘g‘li biznes qilishi mumkin emas, degan qoidaning o‘zi yo‘q» — Inomjon Tog‘ayev
10 mart 2021, 15:26

«Biror rahbarning o‘g‘li biznes qilishi mumkin emas, degan qoidaning o‘zi yo‘q» — Inomjon Tog‘ayev

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijrochi direktori Inomjon Tog‘ayev amaldorlar va uning yaqin qarindoshlari o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi haqida o‘z munosabatini bildirdi. «Biror rahbarning o‘g‘li biznes qilishi mumkin emas, degan qoidaning o‘zi yo‘q», — dedi Inomjon Tog‘ayev. U «tanganing ikkinchi tomoni bor"ligiga e’tibor qaratdi.

«Biz odamlarga vaqtni qaytarishda yordam beramiz». Samarqand bosh rejasi haqida intervyu
4 mart 2021, 18:51

«Biz odamlarga vaqtni qaytarishda yordam beramiz». Samarqand bosh rejasi haqida intervyu

Rossiyaning SIMETRA transport kompaniyasi Samarqand transport tizimini barqaror rivojlantirish rejasini ishlab chiqadi. Jamoat transporti bo‘yicha mutaxassis Vladimir Valdin «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida bosh reja nimaligi, barcha postsovet shaharlarining umumiy muammolari, Samarqand va Toshkentdagi jamoat transporti bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirib berdi.

«Agar ishingiz sudda bo‘lsa, advokat emas, balki bloger yollang». Bu to‘g‘rimi? Filip Nubel bilan intervyu
4 noyabr 2020, 12:00

«Agar ishingiz sudda bo‘lsa, advokat emas, balki bloger yollang». Bu to‘g‘rimi? Filip Nubel bilan intervyu

Hukumat ko‘proq kimdan qo‘rqadi — OAV, blogerlar yoki televideniyedanmi? «Muvozanatli» OAV nima va bag‘rikenglik madaniyati qanday rivojlanadi? OAV sohasi mutaxassisi Filip Nubel bilan intervyu.

«Bizda gender kamsitishlar yo‘q deyish — o‘z-o‘zimizni aldashdir» — Sayyora Xodjayeva
14 oktabr 2020, 12:00

«Bizda gender kamsitishlar yo‘q deyish — o‘z-o‘zimizni aldashdir» — Sayyora Xodjayeva

Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xodjayeva «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida nima uchun oiladagi zo‘ravonlik holatlari sudgacha yetib bormasligi, ayollar uchun siyosat va biznesda kvotalar nima uchun zarurligi, nega Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z vazifalarini yangi Mahalla vazirligiga topshirmasdan, Ayollar ishlari bo‘yicha vazirlikka aylanishi lozimligi haqida gapirib berdi.

«Kino davlatning bo‘ynida o‘tirmasligi kerak» — Rashid Malikov
7 oktabr 2020, 10:24

«Kino davlatning bo‘ynida o‘tirmasligi kerak» — Rashid Malikov

Kinorejissyor va «O‘zbekkino» badiiy kengashining a’zosi Rashid Malikov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida kino sohasida davlat-xususiy sherikligining roli, kinematografiyaning asosiy muammolari va kutilayotgan islohotlar, o‘zbek kinematografiyasining eng kassabop filmlari, san’at va biznes haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Davlatning yordamisiz kino o‘ladi» — Zulfiqor Musoqov
5 oktabr 2020, 09:20

«Davlatning yordamisiz kino o‘ladi» — Zulfiqor Musoqov

Kinorejissyor va xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Zulfiqor Musoqov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida «O‘zbekkino» rahbariyati bilan yaqinda yuzaga kelgan mojaro, kino sohasidagi muammolar, kinematograflar uchun to‘siqlar, kinematografiyani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati, o‘zining yangi loyihasi va sevimli filmlari haqida gapirdi.

«Men shunchaki ketmayman» — Aleksandr Lukashenko Rossiya OAVlarga intervyu berdi
9 sentabr 2020, 11:55

«Men shunchaki ketmayman» — Aleksandr Lukashenko Rossiya OAVlarga intervyu berdi

Rossiya OAVlariga bergan intervyusida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatdagi vaziyat, Telegram-kanallar, uning qurol bilan ko‘rinish bergani va Mariya Kolesnikovaning hibsga olinishi haqida gapirib o‘tdi.

«Korrupsiya darajasi — mamlakat taraqqiyoti va demokratiyasining ko‘rsatkichi hisoblanadi» — Akmal Burxanov
5 sentabr 2020, 14:00

«Korrupsiya darajasi — mamlakat taraqqiyoti va demokratiyasining ko‘rsatkichi hisoblanadi» — Akmal Burxanov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida oldin egallagan lavozimlarida uchragan korrupsiya holatlari, O‘zbekistonda korrupsiyani qo‘zg‘atuvchi omillar, qonunchilikda qanday bo‘shliqlar borligi va agentlik davlat byudjetini talon-taroj qilish holatlari bilan qanday kurashishi haqida so‘zlab berdi.

«7 oyda 12 mingdan ziyod haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan» — Po‘lat Bobojonov
15 avgust 2020, 18:35

«7 oyda 12 mingdan ziyod haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan» — Po‘lat Bobojonov

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zAga bergan intervyusida joriy yilning 7 oyida 12 mingdan ziyod haydovchining transport vositasini mast holda boshqargani aniqlanganini ma’lum qildi. Vazir YTHlarda qotillikka nisbatan 5 barobar ko‘p odam halok bo‘lganini aytdi.

«Markaziy Osiyodagi kelishmovchilikning asosiy sababi murosaning yo‘qligi edi»
14 iyul 2020, 20:39

«Markaziy Osiyodagi kelishmovchilikning asosiy sababi murosaning yo‘qligi edi»

Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ilhom Ne’matov «Gazeta.uz» ga bergan intervyusida Markaziy Osiyoda muloqot maydonini yaratish bo‘yicha muvaffaqiyatsiz urinishlarning sabablari, suvdan foydalanish muammolarini yechish, So‘x voqealarining Qirg‘iziston bilan munosabatlarga ta’siri va pandemiya davrida mintaqa davlatlarining bir-birini qo‘llab-quvvatlagani haqida.

“Davolash emas, balki uy sharoitida kuzatuv”. Asoratlarsiz bemorlar uyda qanday kuzatib boriladi
8 iyul 2020, 16:28

“Davolash emas, balki uy sharoitida kuzatuv”. Asoratlarsiz bemorlar uyda qanday kuzatib boriladi

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti rektori, professor Xabibulla Oqilov “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida uyda davolanayotgan asoratlarsiz COVID-19 bemorlarining kuzatuvi qanday tashkil etilishi, ularni qachon kasalxonaga yotqizish kerakligi va ular bilan yashaydigan qarindoshlari nima qilishi lozimligi haqida gapirdi.

«Hammasi darz ketmoqda» — bosh infeksionist sog‘liqni saqlash tizimidagi ahvol haqida
2 iyul 2020, 23:20

«Hammasi darz ketmoqda» — bosh infeksionist sog‘liqni saqlash tizimidagi ahvol haqida

Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori va Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh infeksionisti Erkin Musabayev «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida COVID-19 qurbonlari sonining o‘sishi, pandemiyaning bilvosita qurbonlari, asoratlarsiz kechayotgan kasallikni uy sharoitida davolash, antitanachalar uchun olinayotgan testlar va statistikani pasaytirib ko‘rsatish ehtimoli haqida gapirib berdi.

“Bu uyat” — Ombudsman Andijondagi qiynoqlar haqida
15 iyun 2020, 18:01

“Bu uyat” — Ombudsman Andijondagi qiynoqlar haqida

Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili Ulug‘bek Muxammadiyev Andijonda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qiynoq holatini uyat deb ta’rifladi. Ombudsman yagona tergov qiluvchi organning tashkil qilinishida zarurat borligini, lekin bu qiynoqlar va shaxsni huquqlarini buzilishi masalasiga to‘liq yechim emasligini ta’kidlab o‘tdi. Buning uchun IIV tizimini tubdan isloh qilish kerak, deya ta’kidladi Ulug‘bek Muxammadiyev “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting