O‘zbekiston aholisining inflyatsiya bo‘yicha kutilmalari 6 oylik pasayishidan so‘ng avgustda keskin oshdi. Aholi va tadbirkorlarning xavfsirashida valyuta kursining o‘sishi omili kuchaydi. So‘rovnomada qatnashganlar orasida narxlar 9−12 foizdan ko‘proq oshishini kutayotganlar soni ko‘paydi.
O‘zbekistonda kutilayotgan inflyatsiya ketma-ket beshinchi oy pasaymoqda. Markaziy bankning inflyatsion kutilmalar bo‘yicha iyun oyida o‘tkazilgan so‘rovida biznes va uy xo‘jaliklari kelgusi 12 oy ichida narxlarning oshishiga asosan valyuta kursining o‘zgarishi ta’sir qilishini qayd etgan.
Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari aprel oyida pasayishda davom etdi, deb xabar berdi Markaziy bank. Shu bilan birga, respondentlar orasida narxlar va ish haqining sun’iy oshirilishini kutilayotgan inflyatsiyaning asosiy omillari deb hisoblovchilar ulushi keskin oshgan.
Noyabr oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsiya bo‘yicha kutilmalari biroz oshdi. Respondentlar tomonidan valyuta kursining qadrsizlanishi, yoqilg‘i va energiya resurslari, shuningdek, import qilinadigan xom ashyo va butlovchi qismlar narxining qimmatlashuvi narxlarni oshiruvchi omillar sifatida qayd etildi.
Sentabr oyida aholida import va oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashuvi hamda narxlarning sun’iy oshishi bo‘yicha xavotirlar kamaydi. Biroq, ishbilarmonlar valyuta kursining o‘zgarishi, ish haqi va nafaqalarning oshishi, shuningdek, yoqilg‘i mahsulotlari va transport xarajatlarining qimmatlashuvidan xavotirda.
Avgust oyida aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari pasaydi. Shuningdek, keyingi 12 oyda valyuta kursining o‘zgarishi, yoqilg‘i va transport narxlari qimmatlashishi, ish haqi va nafaqalarning oshishi kabi omillar narxlar oshishiga ta’sir etishi mumkinligi ta’kidlandi.
Markaziy bank kelgusi oylar uchun narxlarning o‘sishiga ta’sir qiluvchi xatarlarning saqlanib qolayotganini qayd etdi. Shuningdek, yil oxiriga qadar inflyatsiya bo‘yicha proznozlar o‘zgarishsiz qolmoqda. Eksport tushumlari va pul o‘tkazmalarining ortishi ichki valyuta bozorini muvozanatda ushlab turishi kutilmoqda.
Iyul oyida aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari pasaydi. Shu bilan birga, respondentlar orasida yoqilg‘i narxining oshishi va valyuta kursining o‘zgarishini inflyatsiyaning asosiy omillari deb hisoblovchilar ulushi keskin oshgan.
Iyunda aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari kamaydi. Biroq, aholida import tovarlar va birinchi galdagi zaruriy mahsulotlar narxi oshishi bo‘yicha xavotirlar kuchaygan. Qolaversa, ishbilarmonlar yoqilg‘i, import xomashyo va ehtiyot qismlar qimmatlashi oqibatida narx sun’iy ko‘tarilishidan xavotirda.
Mart oyida kelgusi 12 oy uchun aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari mos ravishda 15 foiz va 15,4 foizgacha ko‘tarildi. Respondentlar narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar siftida valyuta kursining o‘zgarishi, yoqilg‘i va transport xizmatlarining narxlari qimmatlashishi kabilarni keltirishgan. Yil boshida MB 2022 yilda inflyatsiya 9 foizdan past bo‘lishini prognoz qilgandi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil yakunlari bo‘yicha inflyatsiya oraliq maqsadli ko‘rsatkich darajasida — 10% bo‘ldi. Biroq, 2022-yil yakuniga qadar iqtisodiyotda saqlanib qolayotgan “nisbatan qat’iy” pul-kredit siyosati inflyatsiyaning pasayishiga xizmat qiladi. Shuningdek, tijorat banklari tomonidan 2021-yilda iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar 2020-yilga nisbatan 31 foizga o‘sgani aytildi.
Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. MBda o‘tgan yili inflyatsiyani yuzaga keltirgan asosiy omillar oziq-ovqat va energiya-yoqilg‘i mahsulotlari narxlarining sezilarli darajada o‘sishi ekanligi ta’kidlandi. «Inflyatsion jarayonlar yil so‘ngida noaniqliklar va pandemik xatarlar fonida narxlarga uzoqroq muddat davomida bosim yaratishi mumkin», — deyiladi regulyator xabarida.
Kelgusi 12 oy uchun aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari mos ravishda 16,5 foiz va 15,6 foizgacha oshdi. Respondentlar yoqilg‘i narxlarining oshishi va so‘mning qadrsizlanishini umumiy narxlar darajasining kutilayotgan o‘sishiga ta’sir etuvchi asosiy omil sifatida keltirmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting