oktabr oyida aholining kelgusi 12 oylik inflyatsion kutilmalari 13,7 foizni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan infografikada ma’lumot berilgan.

aholi, бизнес, inflyatsion кутилмалар, марказий bank

“Aholi inflyatsion kutilmalarining pasayuvchi dinamikasi iyul oyigacha davom etib, uchinchi chorakdan sekin o‘suvchi trendga o‘tdi”, — deya qayd etgan regulyator.

Eslatib o‘tamiz, aholining narx kutilmalari sentabr oyida o‘rtacha 13,5 foizni tashkil etgandi. oktabrda ko‘rsatkich 0,2 foiz bandga ortgan. Markaziy bank so‘rovnomasida ishtirok etgan 2950 nafar respondentning aksariyati kelgusi bir yil ichida narxlar oshishiga asosan valyuta kursining o‘zgarishi (59 foiz), yoqilg‘i va energiya qimmatlashishi (49 foiz), kommunal xizmatlar narxi (36 foiz) oshishi ta’sir qilishini kutmoqda.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, oktabr oyidagi infografikadan birdaniga uch turdagi — hududlar, daromadlar va tadbirkorlik faoliyati kesimidagi ma’lumotlar tushib qolgan. Eslatib o‘tamiz, sentabr oyidan boshlab Markaziy bank respondentlarning inflyatsion kutilmalari bo‘yicha javoblarini e’lon qilishni to‘xtatgandi. Avgust oyida respondentlarning qariyb 30 foizi yil oxirigacha inflyatsiya rasmiy prognoz qilingan darajada bo‘lishini (9−12 foiz) kutayotgandi, ammo 13−16, 17−20, 21−25 va 31−50 foiz oralig‘idagi inflyatsiyani prognoz qilgan respondentlar ulushining ortishi qayd etilgan (14 foiz).

Biznesning kutilmalari

oktabr oyida tadbirkorlik subyektlarining kelgusi 12 oylik inflyatsion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan biroz oshib, 14,4 foizga teng bo‘ldi. Tadbirkorlarning kutilmalari bo‘yicha so‘rovnomada jami 1436 nafar respondent ishtirok etgan. Ularning ham aksariyati xuddi aholi kabi kelgusi bir yil ichida narxlar oshishiga asosan valyuta kursining o‘zgarishi (62 foiz), yoqilg‘i va energiya narxi oshishi (47 foiz), kommunal xizmatlarning (37 foiz) qimmatlashishi ta’sir qilishini kutmoqda.