Noyabr oyida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarining kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘zgarishi bo‘yicha inflyatsion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan biroz yuqorilab, 15,3 foiz atrofida shakllangan bo‘lsa, mediana qiymati 14,1 foizgacha tezlashdi, deyiladi Markaziy bank taqdim etgan so‘rov natijalari sharhida.

Ma’lum bo‘lishicha, kelgusi 12 oyda inflyatsiya ko‘rsatkichi joriy darajada yoki undan yuqoriroq bo‘lishini kutayotgan respondentlarning ulushi avvalgi oyga nisbatan 9 foiz bandga yuqorilagan.

Shuningdek, inflyatsiyani kelgusida 13−16 foiz atrofida bo‘lishini kutayotgan respondentlar ulushi sezilarli darajada ortgan.

inflyatsion кутилмалар

Kelgusi davrda narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar sifatida valyuta kursining qadrsizlanishi (51 foiz), yoqilg‘i va energiya resurslari narxining qimmatlashishi (38 foiz) ta’kidlangan.

Shu bilan birga, asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashishi ta’kidlaganlar kamaygan bo‘lsa, narxlarning sun’iy oshirilishi ko‘rsatganlar ulushi oyga nisbatan biroz yuqorilagan.

Tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari joriy yilning noyabr oyi yakunlari bo‘yicha kelgusi 12 oy uchun narxlar o‘sishi o‘tgan oyga nisbatan biroz oshib, 14,3 foizni tashkil etdi, mediana qiymati esa 12 foizni atrofida shakllandi.

inflyatsion кутилмалар

Kelgusi 12 oyda inflyatsiya ko‘rsatkichi joriy darajada yoki undan yuqoriroq bo‘lishini kutayotgan respondentlar ulushi o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishsiz qolgan.

Bir yildan so‘ng inflyatsiya 13−16 foiz doirasida bo‘lishini kutayotgan biznes vakillarining ulushi ortgani holda, 17−20 foiz bo‘lishini ta’kidlaganlar kamaygan.

inflyatsion кутилмалар

Tadbirkor respondentlar tomonidan keyingi 12 oyda narxlar oshishiga yoqilg‘i mahsulotlari va transport xizmatlarining narxlari qimmatlashishi (50 foiz), shuningdek, valyuta kursining qadrsizlanishi (48 foiz) hamda import qilinadigan xomashyo va butlovchi qismlar qimmatlashishi (32 foiz) kabi omillar ta’sir etishi mumkinligini ta’kidlaganlar ulushi oshgan.