sentabr oyida O‘zbekiston aholisining inflyatsion kutilmalari avgustdagi keskin o‘sishdan so‘ng pasaydi, deya xabar qildi Markaziy bank. Xususan, aholining narx kutilmalari o‘rtacha 13,5 foizni (avgust oyiga nisbatan -0,7 foiz) tashkil etgan bo‘lsa, tadbirkorlarning kutilmalari 14,2 foizgacha (-0,2 foiz) pasaydi.

inflyatsion kutilmalar, inflyatsiya, марказий bank

Eng pessimistik inflyatsion kutilmalar avvalgidek Toshkentda bo‘lib turibdi. Poytaxt aholisi kelgusi 12 oy ichida inflyatsiya 15,2 foiz (-0,1 foiz) bo‘lishini kutmoqda, biznesning prognozlari esa keskin yomonlashgan — 17,2 foiz (+1,7 foiz). Narxlarning yuqori o‘sishini, shuningdek, Surxondaryo — 14,9 foiz (+1 foiz) va 12,7 foiz (-0,6 foiz), Buxoro — 14,7 foiz (+0,9 foiz) va 13,5 foiz (-0,6 foiz) hamda Sirdaryo — 13,8 foiz (-1,9 foiz) va 14,5 foiz (+0,3 foiz) aholisi va tadbirkorlik subyektlari prognoz qilgan. Eng optimistik kutilmalar Qoraqalpog‘istonda: aholi orasida 11,6 foiz (-2,5 foiz), tadbirkorlik subyektlari orasida 12,3 foiz (-0,7 foiz).

inflyatsion kutilmalar, inflyatsiya, марказий bank

sentabr oyida o‘tkazilgan so‘rovlarda valyuta kursining o‘sishi bilan bog‘liq xavotirlar biroz kamaygan — biznes o‘rtasida 71 foizdan 68 foizga, aholi orasida — 70 foizdan 65 foizga. Avgust oyida so‘mning 400 so‘mlik keskin devalvatsiya kuzatildi, shundan so‘ng milliy valyuta nisbatan barqaror bo‘lib turibdi.

Aholi kelgusi 12 oyda narxlarning oshishiga yoqilg‘i-energiya narxlarining ko‘tarilishi (respondentlarning 45 foizi shunday fikrda, avgust oyida bu ko‘rsatkich 43 foiz edi, bunday fikrdagi respondentlar ulushi ketma-ket beshinchi oy oshib bormoqda), kommunal xizmatlar tariflarining oshishi — 34 foiz (27 foiz), narxlarning sun’iy oshirilishi — 33 foiz (32 foiz) ham ta’sir qilishini kutmoqda.

Shuningdek, biznes ham inflyatsiyaga yoqilg‘i-energetika — 42 foiz (38 foiz), kommunal xizmatlar — 31 foiz (24 foiz), transport xizmatlari — 28 foiz (25 foiz) narxlarining oshishi ta’sir qiladi deb hisoblamoqda.

Bu safar Markaziy bank respondentlarning inflyatsion kutilmalari bo‘yicha javoblarini e’lon qilmadi. Avgust oyida respondentlarning qariyb 30 foizi yil oxirigacha inflyatsiya rasmiy prognoz qilingan darajada bo‘lishini (9−12 foiz) kutayotgandi, ammo 13−16, 17−20, 21−25 va 31−50 foiz oralig‘idagi inflyatsiyani prognoz qilgan respondentlar ulushining ortishi qayd etilgandi (14 foiz).

inflyatsion kutilmalar, inflyatsiya, марказий bank

Infografikaga aholining daromadlari kesimida kutilmalari qo‘shilgan. Masalan, daromadi 7 million so‘m va undan yuqori bo‘lgan respondentlar inflyatsiya 15 foizdan yuqori bo‘lishini kutmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, inflyatsion kutilmalar — aholining kelgusi oylar va yillardagi narxlarning oshishi haqidagi taxminlari hisoblanadi. Bu taxminlar odamlarning iste’molchi sifatidagi xatti-harakatlariga ta’sir qiladi. Qimmatlashishi mumkin bo‘lgan narsani tezda sotib olishni istab odamlar xaridlarni kechiktirishni to‘xtatadi va ko‘proq pul sarflaydi, kamroq pul tejaydi va tez-tez kredit oladi. Natijada kutilayotgan inflyatsiya real inflyatsiyaga ta’sir qiladi. Talabning oshishi ta’sirida narxlar tezroq ko‘tarila boshlaydi.

Agar odamlar inflyatsiyaning keskin o‘sishini vaqtinchalik deb hisoblasa, ularning uzoq muddatli inflyatsion kutilmalari oshmasligi mumkin — inflyatsion kutilmalarning bunday mustahkamlanishi Markaziy bank siyosatiga bo‘lgan ishonchga asoslanadi: agar biznes va aholi pul-kredit siyosati inflyatsiyani maqsad qilingan darajaga qaytaradi deb ishonsa, ular kelajakda narxlar oshishi haqida kamroq tashvishlanadi.