«ijtimoiy tarmoqlar» tegli maqolalar


8 noyabr 2021, 15:58

«Kelishilmagan xarakatlar». Ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi boshqa ko‘plab savollarni keltirib chiqardi

«O‘zkomnazorat» qonunda belgilangan talabni bajardi, shunga qaramasdan, regulyator rahbari ishdan bo‘shatildi, qonunbuzarlar ro‘yxatidan esa barcha ijtimoiy tarmoqlar ham chiqarib tashlangani yo‘q. Misol uchun, «VKontakte», Twitter, WeChat, TikTok va Skype hanuz qora ro‘yxatda. «Kelishilmagan harakatlar» ortidan ijtimoiy tarmoqlarning bloklanishi va javobsiz qolayotgan savollar haqida mutaxassislar fikri.

3 noyabr 2021, 20:21

«O‘zkomnazorat» Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassniki`ning O‘zbekistondagi faoliyatini chekladi

O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchilar reyestriga TikTok, Twitter, VKontakte va Skype`dan tashqari Telegram, Facebook, Odnoklassniki, YouTube va boshqalar kiradi. O‘zbekistonda ushbu ijtimoiy tarmoqlarning faoliyati cheklangan.

1 noyabr 2021, 22:44

Facebook Qozog‘iston hukumatiga zararli kontentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilashga ruxsat beradi

Meta Platforms Qozog‘iston hukumatiga o‘zining kontent haqida hisobot tizimidan foydalanish imkoniyatini taqdim qildi. Bunga Qozog‘iston hukumatining millionlab mahalliy foydalanuvchilar uchun ijtimoiy tarmoqni bloklab qo‘yish bilan tahdid qilganligi sabab bo‘lgan. Tanqidchilar mamlakat hukumatini senzuraning yangi vositalariga ega bo‘lishga intilayotganlikda ayblamoqdalar.

5 iyul 2021, 11:01

O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar faoliyati cheklanganidan so‘ng mobil VPN birdaniga ommalashdi

O‘zbekistonda TikTok, Twitter va «VKontakte» ijtimoiy tarmoqlar faoliyatiga cheklov qo‘yilganidan so‘ng, VPN dasturiga talab birdaniga ortdi. So‘nggi marta bunday holat 2018 yilning kuzida, Facebook va YouTube bloklanganida kuzatilgan edi.

5 iyul 2021, 08:36

«Ijtimoiy tarmoqlarni bir oyga yopib, hammani kitob, gazetaga o‘tqazish kerak» — Namangan viloyati hokimi

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov yoshlar ko‘proq kitob va gazetalarni o‘qishlari uchun ijtimoiy tarmoqlarni bir oyga yopishni taklif qildi. O‘z navbatida, deputat Rasul Kusherbayev axborot asrida ijtimoiy tarmoqlarni cheklashni kulguli va absurd qaror deb atadi.

2 iyul 2021, 17:13

O‘zbekistonda bir nechta ijtimoiy tarmoqlar faoliyati vaqtinchalik cheklandi

“Fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishning qonuniy talablari” buzilganligi uchun O‘zbekistonda ayrim ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklandi, deya ta’kidlamoqda “O‘zkomnazorat”. Faoliyati cheklangan ijtimoiy tarmoqlar nomi ko‘rsatilmagan, ammo ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Twitter, TikTok va VKontakte faoliyatida uzilishlar bo‘layotganini aytmoqda.

12 may 2021, 14:35

Jahon internet kompaniyalari O‘zbekistonda serverlarini joylashtirishi zarurligi to‘g‘risida ogohlantirildi

Telegram, Facebook, TikTok, Google va Yandex kabi ijtimoiy tarmoqlar va internet-kompaniyalar 16 apreldan boshlab O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini mamlakat ichida joylashgan serverlarda qayta ishlashga majbur. Tegishli xatlar allaqachon ularga yuborilgan, dedi Davlat personallashtirish markazi rahbari Ulug‘bek Toshxo‘jayev.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting