App Annie mobil tahlil xizmati ma’lumotlariga ko‘ra mobil VPN`ning ommalashuvi O‘zbekistonda keskin o‘sdi, deya xabar bermoqda Spot. VPN dasturlari App Store`da birinchi ikkita o‘rinni egallamoqda:

Foto: Spot

Google Play`da TOP-3 ta ga kirdi:

Foto: Spot

2 iyul kuni O‘zbekistonda TikTok, Twitter va «VKontakte» ijtimoiy tarmoqlari faoliyati vaktinchalik cheklangandan so‘ng, VPN`larga qiziqish ortdi (bunga mamlakat tashqarisida bo‘lgan o‘zbekistonliklarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash sabab bo‘lgan).

Mazkur holatni grafikdagi dinamikadan ham ko‘rish mumkin — ijtimoiy tarmoqlarning cheklanishidan oldin VPN dasturlari hatto TOP-50 ga ham kirmagan:

Foto: Spot

So‘nggi marta VPN dasturlarini bunday katta yuklab olish ko‘rsatkichlari 2018 yilda, Facebook va YouTube mamlakatda bloklanganida kuzatilgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarga cheklovlar o‘rnatilgandan so‘ng, turli xil Telegram-kanalalarda O‘zbekistonda VPN`dan foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlik borligi to‘g‘risida ma’lumotlar tarqalgan. Ammo bu unday emas.

2018 yilda haqiqatan ham javobgarlik joriy etilgan edi, ammo telekommunikatsiya tarmog‘iga noqonuniy kirish uchun — bu VPN bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Shundan so‘ng, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mazkur farqni batafsil bayon qilgan edi.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov 3 iyul kuni yoshlar ko‘proq kitob va gazetalarni o‘qishlari uchun ijtimoiy tarmoqlarni bir oyga yopishni taklif qildi. O‘z navbatida, deputat Rasul Kusherbayev axborot asrida ijtimoiy tarmoqlarni cheklashni kulguli va absurd qaror deb atadi.

2019 yil yozida o‘sha paytdagi prezident Administarsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining direktori Komil Allamjonov Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida YouTube i Facebook`ga cheklovlar qo‘yganlar endi «qamoqda» ekanliklarini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu yo‘l bilan ular salbiy ma’lumotlar oqimini kamaytirishga harakat qilishgan.

Komil Allamjonov ta’kidlashicha, internetni o‘chirib qo‘yish orqali hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, VPN`larning tobora ommalashib borishi ko‘plab kerak bo‘lmagan manbalarga kirish imkoniyatini ochadi va shu bilan xavfsizlik tizimlarini yo‘q qiladi.