23-fevral kuni Navoiy shahridagi 2-maktabning o‘g‘il bola o‘quvchilari sport zaliga olib kirilib, sochlari ommaviy ravishda kaltalangani haqida xabar berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu direktorning tashabbusi bo‘lishi mumkin. Tarmoqlarda tarqalgan suratda davomatni tekshirish uchun maktablarga tayinlangan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan jarayon kuzatib borilayotganini ko‘rish mumkin. Rasmiy izohlarda MMTB boshlig‘i va bolalar ombudsmani bunday munosabatga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi. Milliy gvardiya esa ularning xodimlari jarayonni to‘xtatishga uringanini bildirdi.

Bu holat aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, voqea ko‘pchilikning muhokamasiga sabab bo‘ldi. Aksariyat foydalanuvchilar mazkur holatni qoralab, uni Konstitutsiyaga zid, shaxsiy daxlsizlikka bo‘lgan huquqning buzilishi deya baholadi. Xususan, O‘zbekiston psixologlar assotsiatsiyasi a’zosi Shoira Isakovaning fikricha, tarbiyaning bu usuli oldin natija bergan bo‘lishi mumkin, lekin hozirgi bolalar uchun bu usul ishlamaydi.

“Umuman olganda, shaxs chegarasi bor, deb ko‘p marta gapirganmiz. Birovning chegarasini buzib kirish o‘sha insonda atrofidagilarga nisbatan nafrat, g‘azabni qo‘zg‘atadi. Milliy gvardiyaning ta’lim tizimiga aralashuvi ortidan faqat davomat, bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish ko‘zlangan edi. Endi esa… Bolalar ruhiyatiga ta’sir etgan holda ommaviy soch olish boshlangan. Bolalar bilan avval suhbat, ona-onasi bilan tushuntirish ishlari olib boriladi. Milliy gvardiyada ishlaydigan xodimlar bolalar va o‘smirlik davri psixologiyasini yaxshi o‘zlashtirgan, kerak bo‘lsa, pedagog yoki psixolog bo‘lishi shart. Tarbiyaning bu usuli oldin natija bergan bo‘lishi mumkin, lekin hozirgi bolalar uchun bu usul ishlamaydi. Bolalar qalbida maktabga va odamlarga nisbatan uyg‘otilgan nafrat baribir o‘z ta’sirini ko‘rsatadi”, — dedi u.

Ta’lim sohasi bo‘yicha ekspert Komil Jalilov Telegram kanalida mazkur mavzuda ko‘plab postlar qoldirdi. Uning ta’kidlashicha, maktabni o‘quvchilar uchun do‘stona muhit emas, qamoqxonaga aylantirish tajribalari davom etmoqda.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, aslida majburan soch oldirish voqeasi Konstitutsiya va Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga zid amaliyotligidan tashqari, o‘quvchining maktab ma’muriyati tomonidan tahqirlashning (bulling, harrasment) bir ko‘rinishidir. Bunday tahqirlanishga duchor bo‘lgan o‘quvchining maktabga va o‘qishga munosabati ijobiy bo‘la olmaydi.

Ta’lim eksperti “maktab sport zalida ommaviy tahqirlangan bolalar” yuzasidan haligacha na vazir Hilola Umarova, na vazirlikning rasmiy sahifalari va na vazirlik axborot xizmati rahbari biron-bir munosabat yoki izoh bermaganini ta’kidladi. Keyinroq vazirlik vakili holat bo‘yicha mana bu videoni o‘zining Telegram kanaliga joyladi.

Sobiq deputat Rasul Kusherbayev ham maktab qamoqxona emas, degan fikrni takrorladi. “Navoiydagi maktabda bolalarning sochlari majburiy ommaviy olinishi “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyaning buzilishi hisoblanadi. Afsuski, Milliy gvardiya ham maktablarga qamoqxona qiyofasini bermoqda”, — deb yozdi u.

Shuningdek, iqtisodchi Behzod Hoshimov “yetarlicha sharoit yaratilmagan maktablarda” o‘quvchilardan formasi sarishtaligi yoki soch turmagini so‘rash va bunga katta resurs sarf etish ortiqcha, degan fikrni ilgari surdi:

“YUNISEFning yaqinda chiqqan raqamlariga ko‘ra, vatanimizda taxminan 20 foiz maktablarda oddiy suv va sanitariya ta’minoti mavjud emas. Oddiy tilda aytsak, taxminan har beshinchi maktabda hojatxona va suvda qo‘lni yuvish uchun minimal sanitariya sharoitlari qilinmagan. Lekin maktablarga sarmoyani biz „xavfsizlik“ niqobi ostidagi teatrga sarflamoqdamiz. Davomatni tekshirish kerak emas demayapman, lekin hozirgi sharoitda, pullarni maktablarni qurollangan qo‘riqlovga emas, masalan, maktablarga suv, hojatxona, kutubxona va kompyuterlarni olib berishdan boshlasak, menimcha ta’lim sifati va davomat kabi narsalarga yaxshiroq ta’sir qilar edi. O‘qituvchilarga ko‘proq to‘lasak, menimcha, forma kiygan odamlarni maktabda yurishga zarurati qolmaydi”.

“Aytmoqchimanki, uchdan bir maktab o‘quvchilari qorni yetarlicha to‘ymaydigan joyda, beshdan bir maktablarda o‘quvchilar hojatxonadan foydalana olmaydigan sharoitda o‘quvchilardan formasining sarishtaligi yoki soch turmagini so‘rash va bunga shuncha resursni sarf etish, menimcha, ortiqcha. Chunki boshqa joylarga shu resurslarni sarf qilsak — foydasi ancha ko‘proq bo‘lar edi”, — deya yozmoqda iqtisodchi.

Holat haqida tarmoqlarda dastavval xabar bergan jurnalist Shuhrat Shokirjonov bunaqa tajriba dunyoning birorta davlatida yo‘q, demoqda:

“…"Maktabga sochingni o‘stirib kelibsan”, “krossovka kiyib kelibsan”, “forma kiyib kelmabsan” deya o‘quvchilarni terror qilish bilan ko‘zlangan maqsadga ham erishib bo‘lmaydi, pedagog obro‘ ham qozonmaydi. Axir bunaqa tajriba dunyoning birorta davlatida yo‘q. KXDR hisobga olinmasa. Biz kimga qarab o‘rnak olishimiz kerak o‘zi? Nega yasagan narsasi tandir bo‘lib qolaveradigan anuv kinodagi qahramonga o‘xshab, bularning qilgan ishi “sovetskiy soyuz” bo‘lib qolaveradi, a? Bunday tizim yaramasligi, bir tiyinga qimmatligi tufayli ham o‘sha ko‘pchilik og‘zidan so‘lagi oqib maqtaydigan, eslaydigan “sovetskiy soyuz” tanazzulga yuz tutdi. Shuni unutmasak bas", — deydi bloger.

Moliyachi Otabek Bakirov va boshqa foydalanuvchilar tarmoqlarda tarqalgan rasmni kanaliga qo‘yib, ostida quyidagicha izoh yozdi:

Bunday izohlar X (sobiq Twitter) tarmog‘ida ham keng tarqaldi. Ulardan ayrimlarini quyida havola qilamiz:

bolalar, ijtimoiy тaрмоқлaр, maktab, maktabgaчa va maktab ta’limи vazirлиgi, миллий гvaрия, soch кaлтaлaнishi, ҳилолa uмaроva

bolalar, ijtimoiy тaрмоқлaр, maktab, maktabgaчa va maktab ta’limи vazirлиgi, миллий гvaрия, soch кaлтaлaнishi, ҳилолa uмaроva

bolalar, ijtimoiy тaрмоқлaр, maktab, maktabgaчa va maktab ta’limи vazirлиgi, миллий гvaрия, soch кaлтaлaнishi, ҳилолa uмaроva

bolalar, ijtimoiy тaрмоқлaр, maktab, maktabgaчa va maktab ta’limи vazirлиgi, миллий гvaрия, soch кaлтaлaнishi, ҳилолa uмaроva

bolalar, ijtimoiy тaрмоқлaр, maktab, maktabgaчa va maktab ta’limи vazirлиgi, миллий гvaрия, soch кaлтaлaнishi, ҳилолa uмaроva

O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarning tashqi qiyofasini haddan tashqari tizimlashtirishga urinishlar muntazam sodir bo‘lmoqda. Goh bolalarning sochlari uzunligi yoki paypoqlarining kaltaligi o‘lchansa, goh soch turmagi uchun ularga tanbeh beriladi. Bundan tashqari, maktabga krossovka kiyib borishni taqiqlashga ham harakat qilib ko‘rishgan.

Shu bilan bir paytda, Kembrij universiteti tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, maktab formasi bolalarning, ayniqsa, kichik sinflarda o‘qiydigan qizlarning harakatchanligini cheklashi mumkin. Olimlar buni yubka yoki ko‘ylakda faol o‘yinlarda qatnashish qizlar uchun noqulay ekani bilan bog‘laydi. Ular maktab formasi majburiy bo‘lgan mamlakatlarda bolalar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) kuniga 60 daqiqalik tavsiyasidan kamroq harakat qilishini aniqlagan.