Saytimiz va Facebook`da O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomi tilga olingan xabarlar ostida darhol davlat rahbarini qo‘llab-quvvatlovchi ko‘plab izohlar paydo bo‘lmoqda. Fikr-mulohazalar mazmunini hisobga olmaganda, buni normal holat deb hisoblash mumkin (prezident haqiqatda aholining katta qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi).

Izohlarning aksariyati bir xil mazmunda, ba’zida matnlar bir-biriga o‘xshash (turli xil akkauntlardan yozilgan bo‘lsa-da), ko‘pincha xatolari ko‘p va xabarlar mavzusiga aloqasi yo‘q. Biz buni kim qilayotganligini, nima uchun qilinayotganligini (bu botlarning ishi ekanligi ko‘rinib turibdi) va bu bilan nima qilish kerakligini (o‘zi kerakmi nimadir qilish) bilmaymiz. Biz ba’zi izohlarni o‘quvchilar bilan bo‘lishishga qaror qildik, chunki ularni o‘qish doimo qiziqarli.


Odatiy mulohazalardan tashqari, Facebook`dagi izohlarda prezidentning chiqishlaridan parchalar ham paydo bo‘lib turadi. Bu izohlar yangiliklar ma’nosiga umuman aloqador bo‘lmasligi va bir necha marta takrorlanishi mumkin.

So‘nggi paytlarda prezident haqidagi xabarlar ostida izoh qoldirgan foydalanuvchilarning akkauntlariga nazar tashlansa, ularning aksariyati 2021 yilning avgust-oktabr oylarida yaratilganini ko‘rish mumkin. Ularning sahifalarida ikki-uchtadan ortiq post yo‘q, do‘stlari ham ko‘p emas, shaxsiy suratlar o‘rniga chet ellik yulduzlarning suratlari yuklangan.

O‘quvchilar izohlarda botlar mavjudligini tez-tez ta’kidlaydilar, ammo bu ularni to‘xtatayotgani yo‘q.