Toshkent shahar IIBB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda Uchtepa tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida ayollar va qizlarga noqonuniy ravishda diniy ta’lim berib kelgan fuqarolar aniqlandi, deya xabar bermoqda poytaxt IIBB.

Ma’lumotga ko‘ra, fuqarolar K.A., R.X., R.L. maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz ayollar va qizlarga diniy ta’limdan saboq berib kelgan.

Holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 241-moddasiga («diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish») muvofiq hujjatlar rasmiylashtirilib, sudga oshirilgan. Sud tomonidan ularning har biriga nisbatan BHMning 5 barobari (1 mln 225 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Toshkent shahar IIB agarda shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilganidan so‘ng yana shu kabi noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullansa, Jinoyat kodeksining 229−2-moddasiga asosan («diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish») jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligini eslatib o‘tdi.