Olmazor tumanida «internet» saytlarida ayol kishing videolarini tarqatishini tahdid qilib 50 000 AQSH dollari talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo‘limi va Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.S. (erkak) fuqaro A.G. ning (ayol) yarim yalang‘och holda raqsga tushgani olingan video lavhani «internet» saytlari orqali tarqatish va uning oila a’zolariga ko‘rsatib sharmanda qilishi haqida tahdid qilib, evaziga G. N.dan 50 000 AQSH dollari berishni talab qilib, shundan, 6 500 AQSH dollarini tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.