Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani Tumor qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi A.A. Jizzax viloyati Zarbdor tumani ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, undan pora talab qilishayotganligini bildirgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Fuqaro A.A. Zarbdor tumanidagi Toshkesgan qishloq fuqarolar yig‘ini hududidan bir nechta daraxtlarni kesgan. Bundan xabar topgan tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimi xodimlari S.T. va M.O. qonunbuzarga chora ko‘rmaslik evaziga 2 mln so‘m pora so‘rashgan.

A.A.ning arizasi asosida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tashkil etilgan tezkor tadbirda 1 mln so‘m pora olgan S.T. ushlandi. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.