IIV YHXBB matbuot xizmati xabar berishiga ko‘ra, 29 iyun kuni Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani hududida 1954 yilda tug‘ilgan Djalalov Sobirjan o‘ziga tegishli bo‘lgan, «Matiz» rusumli avtomobilda, harakat vaqtida xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangan. Haydovchi tuman IIB YHXB YPX xodimi tomonidan to‘xtatilgan va unga nisbatan qoidabuzarligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Xabarga ko‘ra, fuqaro S.Djalalovga nisbatan tuzilgan bayonnoma KAAT markazlashgan dasturiga kiritilishi vaqtida ushbu fuqaro bilan ism-familiya va tug‘ilgan yili bir xil bo‘lgan, Samarqand viloyatida yashagan, 1954 yilda tug‘ilgan Djalalov Sobirjanning ro‘yxatda turgan manzili bo‘yicha jazo qo‘llash to‘g‘risidagi jarima qarori chiqarilgan.

Samarqand viloyatida ro‘yxatda turgan fuqaroga nisbatan chiqarilgan qaror bekor qilinganligi ma’lum qilindi.