Yakkasaroy tumanidagi qurilish binosida o‘quv mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan o‘q-dorilar topilgant aks etgan videolarga IIBB izoh berdi.

Qurilayotgan obyektdan topilgan ikkita artilleriya aslahasi bo‘yicha 27 dekabr kuni 102 raqamiga 26 yoshli Qashqadaryo viloyatilik Shuhrat T. dan xabar kelib tushgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shuhrat T. tanishi 29 yoshli Aliakbar M. bilan birgalikda Yakkasaroy tumanida qurilayotgan obyektga borgan. U hududda shubhali, artilleriya aslahalariga o‘xshash zanglagan buyumlar topgan. Shundan so‘ng tezkor xizmatlarga xabar bergan.

Xabar qilingan manzilga Toshkent shahar IIBB xodimlari IIVning maxsus mutaxassislari bilan birgalikda yetib borgan.

Tekshiruv o‘tkazilgach, topilgan buyumlar o‘quv mashg‘ulotlari davomida foydalanishga mo‘ljallangan ikkita 115 mmlik o‘quv snaryadi va ikkita 82 mmlik o‘quv minomyoti ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.