IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 29 noyabrda tungi soat 01:00larda Guliston shahar, Bahor mahallasidagi «Safina» nomli kafeda janjal yuzaga kelgan.

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga yetib borgan mahalla profilaktika inspektori ma’muriy nazoratda turuvchi, kafe ish yurituvchisi D.S. uch nafar notanish shaxslar bilan spirtli ichimlik iste’mol qilayotganligini ko‘rgan va D.S. ning harakatlarini telefonga suratga olgan.

Hujjatlarni rasmiylashtirish uchun inspektor ularga 3-sonli IIBga borishni aytgan.Shu payt, mast holatda bo‘lgan fuqaro K.L. va D.S. birgalikda profilaktika inspektorini bosh, yuz qismi va badanini turli joylariga urib-tepib tan jarohati yetkazishgan hamda uning telefon apparatini olib, yerga urib sindirgan.

Holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.