«hamas» tegli maqolalar


Isroil G‘azo sektori janubidan quruqlikdagi qo‘shinlarini olib chiqib ketdi
9 aprel 2024, 02:31

Isroil G‘azo sektori janubidan quruqlikdagi qo‘shinlarini olib chiqib ketdi

Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektori janubidan quruqlikdagi qo‘shinlarni olib chiqib ketayotganini e’lon qildi, u yerda faqat bitta brigada qoldi. Isroil rasmiylari hamon Rafahda quruqlikdagi operatsiya o‘tkazish niyatida.

BMT sudi Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi genotsid da’vosi bo‘yicha birinchi hukmni chiqardi
27 yanvar 2024, 10:24

BMT sudi Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi genotsid da’vosi bo‘yicha birinchi hukmni chiqardi

Xalqaro sud Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi ishi bo‘yicha o‘zining birinchi qarorini chiqarib, Isroil hukumatiga G‘azo sektorida genotsidga olib keladigan xatti-harakatlarning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rishni buyurdi. Sud zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmadi.

Janubiy Afrika Isroilga qarshi genotsid da’vosi bilan chiqdi, BMT sudi ishni ko‘rib chiqishni boshladi
12 yanvar 2024, 12:02

Janubiy Afrika Isroilga qarshi genotsid da’vosi bilan chiqdi, BMT sudi ishni ko‘rib chiqishni boshladi

BMTning Gaagadagi sudi G‘azo aholisi genotsidi uchun JARning Isroilga qarshi bergan da’vosi bo‘yicha sud ishini boshladi. Janubiy Afrika Isroilning HAMAS hujumidan keyin qilgan harakatlarini “haddan oshish” va “genotsid” ekanini ta’kidlamoqda. Isroil rasmiylari bu ayblovlarni “qonli tuhmat” deb atadi.

Isroil va HAMAS o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatishga kelishdi
22 noyabr 2023, 11:38

Isroil va HAMAS o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatishga kelishdi

Isroil hukumati HAMAS bilan o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish va bu davrda asirlarni almashishga kelishib oldi. Sulh vaqtida insonparvarlik yordami, dori-darmon va yonilg‘i yuklangan yuk mashinalari G‘azoga kirishi mumkin bo‘ladi. Tafsilot.

Isroil G‘azo sektoridagi “Al-Shifo” tibbiyot majmuasida operatsiya boshladi
15 noyabr 2023, 12:54

Isroil G‘azo sektoridagi “Al-Shifo” tibbiyot majmuasida operatsiya boshladi

Isroil mudofaa kuchlari G‘azodagi eng yirik “Al-Shifo” tibbiyot majmuasida HAMASga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Isroil askarlari shifoxonaga kirgan va tutunli granata otgan bo‘lishi mumkin. Ular kasalxonadan yerosti boshqaruv posti uchun qalqon sifatida foydalanilayotganini aytmoqda. HAMAS buni rad etdi.

BMT bosh kotibi HAMAS hujumi yo‘q joydan paydo bo‘lmaganini aytdi. Isroil bu fikr uchun Guterrishning iste’fosini so‘ramoqda
25 oktabr 2023, 12:48

BMT bosh kotibi HAMAS hujumi yo‘q joydan paydo bo‘lmaganini aytdi. Isroil bu fikr uchun Guterrishning iste’fosini so‘ramoqda

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida HAMASning Isroilga hujumi “yo‘q joydan paydo bo‘lmaganini” aytdi. Bu fikr Isroil hukumati tomonidan qattiq tanqidga uchradi va mamlakat rasmiylari Guterrishning iste’fosini so‘radi. Bayonotdan so‘ng Isroil BMT vakillariga viza berishni to‘xtatdi.

Bayden: “HAMAS kabi terrorchi va Putin kabi tiranlar g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaymiz”
20 oktabr 2023, 15:16

Bayden: “HAMAS kabi terrorchi va Putin kabi tiranlar g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaymiz”

AQSh prezidenti Jo Bayden aholiga telemurojaatida HAMAS hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “demokratiyani butunlay yo‘q qilmoqchi”ligini va Amerika terrorchilar va zolimlarning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi. U amerikaliklarni Ukraina va Isroilni qo‘llab-quvvatlashda davom etishga chaqirdi.

Isroil — Falastin urushining 13-kuni. Asosiy yangiliklar
19 oktabr 2023, 12:31

Isroil — Falastin urushining 13-kuni. Asosiy yangiliklar

Bayden HAMASning Isroilga hujumini 11-sentabr voqealariga qiyosladi. AQSh va Isroil razvedkasi “Al-Ahli” kasalxonasidagi portlashda “ko‘pi bilan bir necha o‘n nafar” odam o‘lgan deb hisoblamoqda. Misr va AQSh rahbarlari gumanitar yordam koridorini ochish bo‘yicha kelishib oldi.

Isroil — Falastin urushining 12-kuni. Asosiy yangiliklar
18 oktabr 2023, 12:54

Isroil — Falastin urushining 12-kuni. Asosiy yangiliklar

G‘azodagi “Al-Ahli” shifoxonasiga qilingan hujum mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan keskin qoralandi. Voqeadan so‘ng Yaqin Sharqning bir qancha davlatlarida ommaviy noroziliklar boshlandi. Iordaniyada o‘tishi kerak bo‘lgan AQSh prezidenti hamda Misr va Falastin rahbarlari sammiti bekor qilindi.

Isroil — Falastin urushining 11-kuni. Asosiy yangiliklar
17 oktabr 2023, 12:32

Isroil — Falastin urushining 11-kuni. Asosiy yangiliklar

HAMAS ilk marta garovga olinganlardan birining videosini e’lon qildi, Eron diplomati Isroil bombardimon qilishni to‘xtatsa, HAMAS G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilishga tayyorligini aytdi. AQSh va Isroil G‘azoga gumanitar yordam yetkazish rejasini tayyorlashga kelishib oldi.

HAMAS hujumlari oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan — Isroil TIV
16 oktabr 2023, 13:36

HAMAS hujumlari oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan — Isroil TIV

Isroil Tashqi ishlar vazirligi HAMAS hujumlari oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani, 4 kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi. Urush tufayli Isroilda jami 148 nafar chet el fuqarosi halok bo‘lgan, 143 kishi bedarak yo‘qolgan.

Isroil — Falastin mojarosi. Asosiy yangiliklar
10 oktabr 2023, 11:34

Isroil — Falastin mojarosi. Asosiy yangiliklar

Isroil HAMAS guruhining harakatlariga javoban G‘azo sektorini “to‘liq blokada” qilishga buyruq berdi. Falastin SSV bemorlar ko‘payib ketgan kasalxonalarga shoshilinch tibbiy yordam ta’minotini yetkazib berish uchun xavfsiz yo‘lak ochishga chaqirmoqda.

Isroil — Falastin mojarosi. Asosiy yangiliklar
9 oktabr 2023, 16:56

Isroil — Falastin mojarosi. Asosiy yangiliklar

Isroilda qurbonlar soni 700 nafardan oshdi, 2200 dan ortiq odam jarohatlangan. G‘azo sektorida esa kamida 413 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 2300 kishi yaralangan. OAV Eron HAMASga yordam bergani haqida yozdi, Eronning o‘zi esa buni rad etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting