IIV Kiberxavfsizlik markazi o‘zini Slick to‘lov tizimining xavfsizlik xizmati xodimlari sifatida tanishtirib, fuqarolarning bank kartalaridan pul yechib olgan bir necha shaxsni aniqladi.
Jizzax viloyatida 3 nafar shaxs soxta Green Card hujjatlarini tayyorlab, 103 kishining 2 mlrd 597 mln so‘mini firibgarlik bilan qo‘lga kiritgani aniqlandi. Ularning biri 9 yilga qamaldi, 2 nafariga qidiruv e’lon qilindi.
Buxoro shahrida yashovchi ayol bir guruh shaxslar bilan birga 42 nafar Nepal fuqarosining 124,5 ming dollarini olib, aldab ketgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Buxoroda erkak soxta pasport va shartnomani ko‘rsatib, birovning do‘konini ikki ayolga 50,8 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi.
Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 16 yoshli bola PUBG profilini sotishini aytib 14 yoshli boladan 4,5 ming dollar olgan. Biroq profilni unga bermay, pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.
O‘zbekistonda xalq yoki davlatning milliardlab pulini o‘g‘irlaganlar firibgarlik aybi bilan 5−6 yilga qamalib, muddatining uchdan birini o‘tayapti va ozodlikka chiqib, “yashirgan pulini” sarflashda davom etmoqda, dedi senator Shuhrat Chulliyev. Yangi tuzatishlarga ko‘ra, ular endi “qo‘ng‘iroqdan qo‘ng‘iroqqacha o‘tiradi”.
Toshkentda 248 nafar fuqaroga avtomashina olib berishni va’da qilib, 12 mlrd so‘m olgan Uz Avto Premium va Avto Alo Group MT kompaniyalari rahbarlariga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Sud jarayoni salkam bir yil davom etdi.
Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahri va Farg‘ona, Namangan viloyatlarida korrupsiya va firibgarlikda gumonlangan mansabdorlarni qo‘lga oldi. Ular fuqarolardan 5−10 ming dollar olayotgan vaqtlarida ushlangani aytilmoqda.
DXX xodimlari prokuratura, sud, Milliy gvardiya va advokatura xodimlarini qo‘lga oldi. Ularga firibgarlik, pora olish kabi ayblovlar qo‘yilgan.
Sirdaryo viloyatidagi bir oilani 40 ming dollar evaziga AQShga yuborishini va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u fuqarodan 12 ming dollar olayotgan vaqtida ushlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqand viloyatida fuqarolarni Meksika orqali AQShga jo‘natish uchun 40 ming AQSh dollari talab qilganlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi. O‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 10 ming AQSh dollarni fuqarodan olayotgan vaqtida ushlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bloger Abduqodir Mo‘minovga nisbatan firibgarlik va tovlamachilik moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. IIV ma’lumotida uning bir shaxsdan 3800 dollar olgani, boshqa bir shaxsdan esa 70 000 dollar so‘ragani aytilmoqda. Bloger hibsga olindi.
Jarqo‘rg‘on tumanida 2 shaxs nodavlat universitet ochib, 18 kishining 152,9 mln so‘mini olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborganlikda gumonlanmoqda. Denovda esa yana bir fuqaro o‘qishga kiritib qo‘yish uchun pora olgani aytilmoqda. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yashovchi olti nafar shaxs poytaxtning Chilonzor tumanida joylashgan ko‘chmas mulk hujjatlarini soxtalashtirib, uni $150 ming evaziga xaridor nomiga rasmiylashtirib berishda gumonlanmoqda. Hozirda holat yuzasidan JKning tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zgatildi.
Samarqandda fuqaroni 30 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. U avans uchun 10 ming dollar olayotgan paytda DXX va IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Endi axborot texnologiyalaridan foydalanib firibgarlik sodir etgan shaxslar BHMning 300−400 baravarigacha jarima to‘lash yoki 5−8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Madaniy meros obyektlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lganlar esa BHMning 20−30 baravarigacha jarima to‘laydi.
Yangiyo‘l tumani hokimligi fuqaroga «Yoshlar mehnat guzari ishlab chiqarish sexlari» majmuasini qurish uchun 2 gektar yer bergan. Boshqa fuqaro sheriklari bilan uning 1 gektarini $400 mingga sotib olishga kelishib, 30 ming dollarini olayotgan vaqtlarida ushlangan. Hozir holat bo‘ycha jinoyat ishi ochildi.
Navoiy viloyatida bir guruh shaxslar issiqxona qurish uchun ajratilgan 2,2 gektar yerni 200 ming dollarga sotishga uringani aytilmoqda. Gumondorlar kelishilgan pulning 20 ming dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushdi.
Senatda elektron firibgarlik va o‘g‘rilik uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilashga oid qonun ma’qullandi. Ular qayd etishicha, bu kabi jinoyatlar ortib bormoqda. Masalan, firibgarlik bilan bank kartalaridan pulni talon-toroj qilish bo‘yicha 7 oyda 1812 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Andijonda fuqaroni 11 ming dollar evaziga Janubiy Koreyadagi kemasozlik zavodiga ishga kiritib qo‘yishga uringan shaxslar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumondorlarning aybi sudda o‘z isbotini topsa, ko‘pi bilan 3 yilgacha qamalishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting