10 may kuni Farg‘onada YTH natijasida 6 fuqaro — ikki oila vakillari vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi tomonidan o‘tkazilgan YTHlarning oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish va oldinda turgan vazifalarni kelishib olish yuzasidan tezkor yig‘ilishda ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha,yig‘ilishda 10 may kuni Yozyovon tumani hududidan o‘tgan A-373 xalqaro ahamiyatdagi yo‘lda sodir etilgan mudhish yo‘l-transport hodisasi natijasida 6 nafar fuqaro — ikki oila vakillari vafot etgan. Yana 4 nafar fuqaro tuman shifoxonasining jonlashtirish bo‘limida davolanmoqda.

«Shundan kelib chiqib, vodiy viloyatlarini bog‘lovchi A-373 yo‘nalishidagi yo‘l belgilari, beton to‘siqlar, yo‘l yoritgichlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, vodiy viloyatlari to‘liq o‘rganib chiqilishi ta’kidlab o‘tildi», — deyiladi xabarda.