Prezidentning ma’muriy islohotlar to‘g‘risidagi farmoni bilan bekor qilingan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasidagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti 4 oy o‘tib qayta tashkil etildi.
Davlat tili haqidagi qonun qabul qilinganiga 33 yil bo‘ldi. Avvaliga qadamlar dadil tashlandi, keyinchalik esa qonun qayta-qayta tahrilanadigan, vazifalar ortga suriladigan, sal o‘tib amalga oshmaydigan bo‘lib qoldi. “Gazeta.uz” 21-oktabrdagina eslanadigan o‘zbek tili haqida ziyolilar fikrini so‘radi.
Shavkat Mirziyoyev 21 oktabr — davlat tili bayrami bilan o‘zbek xalqini tabrikladi. Bu borada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tilini o‘zbekchalashtirish, o‘zbek va xorijiy tillar bo‘yicha lug‘at hamda so‘zlashgichlarning yangi avlodini yaratish kechiktirib bo‘lmas vazifadir, deya ta’kidladi prezident.
Senator Narimon Umarov matbuot anjumanida “Davlat tili to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahriri Senatga kiritilmaganini aytdi. Vaholanki, qonun iyun oyi oxirida Senat yalpi majlisida ma’qullangan edi. Mazkur holatga boshqa hech kim izoh bermadi.
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tovar va xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni davlat tilida taqdim etish shartligi aks etgan qonun loyihasini ma’qullashdi. Hujjat Senatga yuborildi.
Toshkentning Mirobod tumanida bir qator ko‘chalardagi 500 dan ziyod tashqi yozuvlar va axborot matnlari «Davlat tili to‘g‘risida"gi qonunga moslashtirildi. Jumladan, «Beauty salon», «Sloyonnaya samsa», «Apteka» kabi yozuvlar o‘zbekchalashtirildi.
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida besh oy ichida 1000 dan ortiq peshlavha, reklama va e’lonlar davlat tiliga tarjima qilindi. Bu «Reklama to‘g‘risida"gi qonun talablarini buzishi mumkin.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida davlat tili to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritish ma’qullandi. Yangi tahrirdagi qonunda bir qator yangi normalar mavjud.
Davlat tili to‘g‘risidagi bahs va munozaralarda turli xil xorijiy mamlakatlarning bu boradagi qonunchiligi va talablari misol qilib keltirilmoqda. “Gazeta.uz” kolumnisti Komil Jalilov ushbu davlatlar tajribasini fact-checking asosida tahlil qildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlat organlariga faqat davlat tilida murojaat qilish taklifi ma’qullanmaganligi ijtimoiy tarmoqlarda va deputatlar orasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Davlat tili maqomi bo‘yicha xalqaro tajriba, o‘zbek tilini o‘rganish bo‘yicha sharoitlar va davlat tili mavqei to‘g‘risida — «Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilovning maqolasida.
Deputat Rasul Kusherbayevning aytishicha, o‘zbek tili faqat davlat bilan ishlaydiganlar uchun majburiy bo‘lishi kerak. Parlament a’zosi, shuningdek, jamiyatda til bilan bog‘liq diskriminatsiya mavjudligini tan oldi va rasmiylar orasida vaziyatga shovinistik nigoh bilan qaraydiganlar hali ham borligini ta’kidladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston davlat idoralariga murojaat davlat tili — o‘zbek tilida bo‘lishi kerakligi haqidagi taklif maqullanmadi. Deputat Doniyor G‘aniyev davlat tili o‘z nomi bilan davlatning fuqarolar bilan rasmiy muloqot tili bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, u davlat tili to‘g‘risidagi qonunning ijrosini ta’minlashning samarali mexanizmini ishlab chiqish kerakligini aytdi.
“Milliy tiklanish” fraksiyasi raisi Alisher Qodirov davlat tili to‘g‘risidagi qonun loyihasi hech qaysi millat vakilini kamsitmasligini, “lekin bu mehribonlik o‘zimizni kamsitish hisobiga bo‘lmasligi kerak"ligini ta’kidladi. Deputat Rasul Kusherbayev masala faqatgina davlat tilida ish yuritish haqida ketayotganligini eslatdi. “Ko‘p millatli mamlakatda davlat tili masalasini faqat qaysidir millat taqdiri bilan bog‘layverish noto‘g‘ri”, — deydi u.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish haqidagi moddaga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilmoqda. Unga ko‘ra, ta’limda tilni erkin tanlash huquqlarini buzish, davlat tilini mensimaslik uchun jarima miqdori oshiriladi.
2023 yildan rahbar kadrlar o‘zbek tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lishi majburiy etib belgilanishi mumkin. Shuningdek, mansabdorlardan o‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarida malaka oshirishlari talab etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting