«akmal burxonov» tegli maqolalar


19 oktabr 2021, 19:21

Korrupsion jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning reyestri to‘g‘risidagi qonun qabul qilinadi

Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxonov Korrupsion jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning reyestri to‘g‘risidagi qonun ishlab chiqilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi yaqin kunlarda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi.

19 oktabr 2021, 17:59

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlarga hokimlar rais bo‘ldi. Antikorrupsiya agentligi rahbari izoh berdi

Antikorrupsiya agentligi direktori Akmal Buxonov Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tashkil etilgan hududiy kengashlarga hokimlar rais bo‘lishi borasidagi xabarlarga izoh berdi. «Bu kengashlar korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ emas, kollegial idora hisoblanadi», — dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar hokimlar mahalliy kengash raisligidan ozod qilinsa, unda Hududiy kengash raislari ham o‘zgarishini qo‘shimcha qildi.

25 sentabr 2021, 10:29

Yarim yilda korrupsiya yetkazgan zarar qariyb 600 mlrd so‘mni tashkil etdi

2021 yilning birinchi yarmida 2544 nafar mansabdor shaxsga nisbatan korrupsiya huquqbuzarliklari bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Umumiy zarar miqdori 592,5 mlrd so‘mga baholandi, vaholanki bu ko‘rsatkich o‘tgan yil davomida 500 mlrd so‘mni tashkil etgan edi. Eng ko‘p holatlar — SSV, XTV va bank sektorida.

12 avgust 2021, 17:15

«Ayrim idora va vazirliklar hali ham Antikorrupsiya agentligini tan olgisi kelmaydi» — Akmal Burxonov

Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxonov agentlik o‘z faoliyatini to‘laqonli amalga oshirishda duch kelayotgan to‘siqlar haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, agentlikning xatiga vaqtida javob bermaslik yoki korrupsion omil haqidagi taqdimnomaga «boshqacha munosabatda» bo‘lish holatlari uchraydi. «Taqdimnomamizga adekvat reaksiya bildirilmasa, javobgarlikka tortish bo‘yicha taklif kiritganmiz… Lekin ayrim idora va vazirliklar hali ham agentlikni tan olgisi kelmaydi», — deydi u.

3 iyul 2021, 08:24

«Ota-onalarini kiritsak ham, davlat xizmatchilari „tirqish“ topadi». Akmal Burxonov — deklaratsiyalash tizimi haqida

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov daromad va mol-mulklarni majburiy deklaratsiya qilish tizimi nima uchun davlat xizmatchilari, ularning turmush o‘rtoqlari va voyaga yetmagan farzandlarini qamrab olish bilan cheklanayotgani, boshqa qarindoshlari hozircha hisobga olinmayotganiga izoh berdi. U tizim nima sababdan davlat xizmatchilarining xarajatlarini hisobga olmasligi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

28 may 2021, 18:16

Korrupsiyaga qarshi kurashga 10 balldan 8 ball bergan bo‘lardim — Akmal Burxonov

Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi Akmal Burxonov O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashni 10 ballik tizimda baholadi. «Qilingan ishlarni 10 ballik tizimda baholash kerak bo‘lsa, qo‘rqmasdan 8 ball bergan bo‘lardim», — deydi u.

27 may 2021, 10:51

«Trest 12» 5 trln so‘mga yaqin loyihalarni tendersiz amalga oshirgan — Antikorrupsiya agentligi

Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxonov qurilish vaziri Botir Zokirovning oila a’zolariga aloqador bo‘lgan «Trest-12» kompaniyasi qo‘lga kiritgan loyihalarda manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur kompaniya tendersiz 5 tln so‘mlik (tahminan $471 mln) loyihalarni amalga oshirgan. Agentlik bu kabi muammolarni bartaraf etish uchun ikkita taklifni ilgari surmoqda.

4 mart 2021, 17:18

OAV xodimlarining davlat idoralari tomonidan mukofotlanishiga qarshiman — Akmal Burxonov

Korrupsiyaga qashi kurashish agentligi rahbari Akmal Burxonov OAV xodimlarining davlat tomonidan mukofotlanishiga qarshi ekanligini ma’lum qildi. Shuningdek, u O‘zbekistonda bloger yoki OAV biror jarayonni yoritganida unga pul to‘langan yoki yo‘qligini bilib bo‘lmasligini ham ta’kidladi.

27 noyabr 2020, 17:45

«Bu mening avtomobilim, degan tushuncha oddiy hol bo‘lib qolgan» — Akmal Burxonov xizmat mashinalari haqida

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burxonov davlat xizmatchilarining xizmat mashinalaridan shaxsiy va oilaviy maqsadlarda foydalanishi odatiy holga aylanganini ta’kidladi. U hokimlar tomonidan byudjet mablag‘lari hisobidan qimmat mashinalarni sotib olish holatlari oz emas, o‘nlab yuz berganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting