Qozog‘istonning Almati shahrida boks bo‘yicha jamoat va davlat arbobi, armiya generali Sagadat Nurmagambetov xotirasiga bag‘ishlangan XXIII xalqaro turnir nihoyasiga yetdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqada O‘zbekiston, Tojikiston, Rossiya, Mo‘g‘uliston, Xitoy, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan bokschilar ishtirok etdi. Turnir yakunlariga ko‘ra, Ilyos Rahimjonov, Asqar Sultonov va Qo‘ldoshboy Tojiboyev murabbiyligi ostidagi 14 nafar o‘zbekistonlik bokschi O‘zbekistonga medal bilan qaytdi:

-64 kg: Jahongir Rasulov (oltin)

-56 kg: Samandar Xolmurodov (kumush)

-69 kg: Sherzodjon Habibov (kumush)

-75 kg: Rajabboy Atanazarov (kumush)

-91 kg: Jamshid Abdullayev (kumush)

+91 kg: Abdulla Xudorganov (kumush)

-52 kg: Mansurjon Ismatullayev (bronza)

-56 kg: Oybek Jo‘rayev (bronza)

-69 kg: Muhammad Boydavlatov (bronza)

-69 kg: Jahongir Rahmonov (bronza)

-75 kg: Temurxon Sobirov (bronza)

-81 kg: Odiljon Aslonov (bronza)

-91 kg: Timur Ergashev (bronza)

+91 kg: Jamshid Xudoyberganov (bronza).