O‘zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Murodov 8 iyun kuni navbatdagi jangini o‘tkazishi haqida xabar qilgandik.

Octagon MMA promousheni Murodovga kim raqiblik qilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchi Octagon12 turniri doirasida braziliyalik Uda Pereyraga qarshi jang qiladigan bo‘ldi, deya xabar bermoqda Olamsport sayti.

Ma’lumot uchun, Mahmud shu kungacha MMAda 20 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Pereyraning bu boradagi ko‘rsatkichi esa 13−3 ni tashkil etadi.

Jang Slovakiyaning Bratislava shahrida bo‘lib o‘tadi.