O‘zbekiston milliy terma jamoasi 28 may — 12 iyun kunlari navbatdagi yig‘in o‘tkazishi haqida xabar berib o‘tgandik. Mazkur yig‘in doirasida terma jamoa a’zolari uchta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. 2 iyun kuni safarda Turkiya bilan, 7 va 11 iyun kunlari Toshkentda KXDR va Suriya bilan kuch sinashiladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Ektor Kuper mazkur o‘yinlarga milliy terma jamoa tarkibiga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatdan quyidagi 25 nafar futbolchi joy olgan:

Darvozabonlar:

Sanjar Quvvatov («Paxtakor»)

Ilyosov Javohir («Lokomotiv»)

Suyunov Eldor («Paxtakor»)

Ergashev Botirali («Dinamo»)

Himoyachilar:

Krimets Yegor («Paxtakor»)

Ismoilov Anzur («Lokomotiv»)

Tursunov Dostonbek («Renofa Yamaguchi», Yaponiya)

To‘xtaxo‘jayev Islom («Lokomotiv»)

Zoteyev Oleg («Lokomotiv»)

Sayfiyev Farrux («Paxtakor»)

Komilov Akromjon («Paxtakor»)

Hoshimov Davron («Lokomotiv»)

Alijonov Hojiakbar («Paxtakor»)

Yarimhimoyachilar:

Hamrobekov Odiljon («Paxtakor»)

Ahmedov Odil («Shanxay SIPG», Xitoy)

Musayev Fozil («Jubilo Ivata» Yaponiya)

Aliboyev Ikrom («Seul», Janubiy Koreya)

Urunov Oston («Navbahor»)

Masharipov Jaloliddin («Paxtakor»)

Ibragimov Doston («Buxoro»)

Ro‘ziyev Quvondiq («Qo‘qon-1912»)

Mirzayev Sardor («Lokomotiv»)

Hujumchilar:

Shomurodov Eldor («Rostov», Rossiya)

Sergeyev Igor («Paxtakor»)

Abduxoliqov Temurxo‘ja («Lokomotiv»)


Legionerlardan Doston Tursunov va Ikrom Aliboyev Turkiyaga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Ular o‘z klublari tarkibida milliy chempionat o‘yinlarni o‘tkazib, 3 iyun kuni O‘zbekistonga yetib kelishadi. Keyin terma jamoa bilan birgalikda KXDR va Suriyaga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘radi.