Olimpiada chempioni, bugungi kunda prof ringda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Shahobiddin Zoirov bir necha kundan so‘ng ringga ko‘tariladi. Bu haqda Olamsport.com xabar berdi.

Zoirov 18 may kuni Daniyaning Orxus shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi. O‘sha kuni unga gruziyalik Mishiko Shubitidze raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Shubitidze shu kungacha prof boksda 28 marotaba jang o‘tkazgan va ularning 12 tasida g‘alaba qozongan (5 ta nokaut). 13 marotaba mag‘lubiyatga uchragan (11 ta nokaut). 3 marotaba durang qayd etgan.

Shahobiddin esa shu yilning 5 aprel kuni BAAda prof ringdagi debyutini nishonlagan va unda indoneziyalik Antoni Xoltni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.