Professional boksda faoliyat olib borayotgan bir nechta o‘zbekistonlik bokschilar damo lish kunlari dunyoning qator mamlakatlarida o‘zlarining navbatdagi jangini o‘tkazdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Elnur Abduraimov o‘zining beshinchi, Shahobiddin Zoirov va Xurshid Tojiboyev o‘zining ikkinchi jangida g‘alabani tantana qildi.

Orxus, Daniya

Xurshid Tojiboyev — Irakli Shariashvili (ochkolar bo‘yicha);

Shahobiddin Zoirov — Mishiki Shubitidze (1-raundda nokaut).

Yekaterinburg, Rossiya

Ravshan Umurzoqov — Entoni Moloysan (JAR) (ochkolar bo‘yicha);

Elnur Abduraimov — Issa Nampepeche (Tanzaniya) (4-raundda nokaut).