Bugun Rossiyaning Yekaterinburg shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi. Bu haqda Olamsport.com sayti xabar tarqatdi.

Unda o‘zbekistonlik bokschilardan Elnur Abduraimov, Ravshan Umurzoqov, Alisher Habibullayev va Sardor Muzaffarov ringga chiqadi.

Kecha ushbu jang kechasi oldidan vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tadi. Unga ko‘ra o‘zbekistonlik bokschilar va ularning raqiblari quyidagicha vazn qayd etishdi:


2-juftlik | 6 raund | 72,6 kg vazn toifasida:

73,6 kg | Ilya Balandin (Rossiya) (3−2, 2ko)

73,9 kg | Alisher Habibullayev (O‘zbekiston) (4−1, 1ko).


4-juftlik | 6 raund | 61,2 kg vazn toifasida:

61,8 kg | Elnur Abduraimov (O‘zbekiston) (4−0, 4ko)

61,9 kg | Issa Nampepeche (Tanzaniya) (29−9−6, 12ko).


6-juftlik | 6 raund | 55,2 kg vazn toifasida:

56,9 kg | Sardor Muzaffarov (O‘zbekiston) (4−1, 2ko)

56,6 kg | Asror Vohidov (Tojikiston) (2−0, 1ko).


9-juftlik | 8 raund | 61,2 kg vazn toifasida

61,1 kg | Ravshanbek Umurzoqov (O‘zbekiston) (7−0−0, 6ko)

60,3 kg | Entoni Moluzani (Janubiy Afrika Respublikasi) (11−3−1, 7ko).


Jang oqshomi bugun, Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.