Xitoyning Chjaotsin shahri sport gimnastikasi bo‘yicha «FIG World Challenge Cup"ning birinchi bosqichiga mezbonlik qilmoqda. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqaning tayanib sakrash sektorida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Oksana Chusovitina yana bir bor shohsupaga ko‘tarildi.

Chusovitina bugun o‘zining sevimli yo‘nalishida 14.350 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa unga yakunda kumush medalni taqdim qildi.

Bellashuvda oltin medal xitoylik Yu Linminga nasib etgan bo‘lsa, malayziyalik Yuex Tan In kuchli uchlikni yakunlab berdi.