O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev instagramdagi safihasi orqali navbatdagi jangi qachon va qayerda o‘tkazilishi haqida ma’lumot berdi.

«Avvalombor, barchangizni Ramazon oyi bilan tabriklayman. O‘n yettinchi jangim 9 iyun kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi. Bo‘lajak bellashuvda qo‘llab-quvvatlab turasizlar degan umiddaman», — deydi Shohjahon o‘zining videomurojaatida.

Shu paytga qadar 16 marta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan Shohjahon Ergashevning raqibi haqida tez orada ma’lumot beriladi.