O‘zbekistonlik professional bokschi Fazliddin G‘oibnazarov AQSHning Arizona shtati, Tuskon shahrida ringga ko‘tarildi.Professional faoliyatidagi sakkizinchi jangda Fazliddinga amerikalik Maykl Foks raqiblik qildi. Bu haqda Olamsport.com xabar berdi.

Jang to‘liq davom etdi va g‘olib ochkolar hisobiga ko‘ra aniqlandi. Bahs jang yakuniga ko‘ra G‘oibnazarov 92:96, 92:96, 93:95 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bu Fazliddin uchun professional boksdagi dastlabki mag‘lubiyat hisoblanadi. Bungacha u 7 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongandi.