AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonning qishloq hududlaridagi 600 nafar ayol uchun mo‘ljallangan tabrikorlik bo‘yicha o‘quv dasturini e’lon qildi.

Tashabbus umumiy qiymati 3,4 million AQSh dollariga teng bo‘lgan ayollarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan dastur doirasida amalga oshirilayotgan bo‘lib, u O‘zbekistondagi qishloq ayollarini ular mehnat bozorida tadbirkor va malakali ishchi sifatida ishtirok etishiga ko‘maklashish orqali qo‘llab-quvvatlashni maqsad qiladi. Trening 26 sentabrida boshlanadi.

USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori Mikaela Meredit iqtisodiyotda gender tengligining muhimligini ta’kidlagan holda shunday dedi: «Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonni jadal va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishda qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu maqsadlarga esa ayollar korxona rahbari, malakali ishchi yoki tadbirkor sifatida iqtisodiyotda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgandagina erishish mumkin».

USAID O‘zbekistonning qishloq hududlaridagi ayollar uchun mo‘ljallangan o‘quv dasturi ayol rahbar tomonidan boshqariladigan va butun O‘zbekiston bo‘ylab tayyorgarlik sohasidagi yechimlarni taqdim etishga ixtisoslashgan «Forta Business Education» xususiy kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Ishtirokchilar biznes-amaliyotlar, strategik boshqaruv va elektron tijoratni o‘rganishadi. USAID dastur bitiruvchilariga o‘z biznesini ochish, malakali ish topish va amaliyot o‘tashda ko‘maklashadi.

2021 yilning aprel oyidan buyon USAID ko‘magida mingdan ziyod ayol buxgalteriya hisobi, moliyaviy savodxonlik, tadbirkorlik asoslari, ijtimoiy tarmoq marketingi (SMM), grafik dizayn va shu kabi boshqa yo‘nalishlarda o‘qidi. Natijada yuzdan ziyod ayol o‘z biznesini ochishga yoki malakali ish topishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan ishtirokchilar esa biznes-rejalarini ishlab chiqish va ish qidirishda murabbiylardan ko‘mak olib kelmoqda.