O‘zgidromet markazi O‘zbekiston bo‘ylab dam olish kunlari kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Juma kuni respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi +27…+32 darajadan oshmaydi.

Dam olish kunlari esa respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat shanba, 17 sentabr kuni tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati kechalari +11…+16 daraja, kunduz kunlari +27…+32 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.