15 sentabr kuni rejalashtirilgan HY-232 Frankfurt — Toshkent aviaqatnov havo kemasida texnik nosozlik yuz berib, reys qoldirildi. Shu sabab, yo‘lovchilar Frankfurtdagi mehmonxonaga joylashtirilgani xabar qilingandi.

«Uzbekistan Airways» axborot xizmatining ma’lum qilishicha, yo‘lovchilarini qaytarib olib kelish uchun 16 sentabr kuni qo‘shimcha qatnov joriy etildi.

HY-8231/8232 Toshkent — Frankfurt — Toshkent reysining qatnov jadvali:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish — 15:00;
  • Frankfurtga yetib borish — 18:20;
  • Frankfurtdan jo‘nab ketish — 20:00;
  • Toshkentga yetib borish: shanba kuni — 04:30.