Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugi Nyagan shahrida ish beruvchi 19 nafar O‘zbekiston fuqarolarining pasportini olib qo‘ygan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati holatni o‘rganib chiqdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ular o‘rmon xo‘jaligida majburan ishlatilgan va huquqlari buzilgan. Shundan so‘ng, mehgat migratsiyasi agentligiga murojaat yo‘llagan. Vakil uni o‘rganib chiqib, Rossiyadagi mutasaddi tashkilotlar bilan tezkor harakatlar natijasida mazkur fuqarolarning hujjatlarini olib berdi va huquqlarini tikladi, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Qozog‘istonda bir guruh o‘zbekistonliklar pasportlari olib qo‘yilib, majburiy ushlab turilgani haqida xabar berilgandi. Fuqarolarning murojaatidan so‘ng tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari ularning pasportlarini qaytarish va oylik maoshlari undirishga erishgandi.